Olti mamlakat Eron hujumlariga qarshi javob berishga tayyorligini bildirdi
Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, BAA va Saudiya Arabistoni Eronning Fors ko‘rfazidagi hujumlariga qarshi o‘z huquqini qo‘llashini ma’lum qildi.
Qatar tashqi ishlar vaziri Majid al-Ansari ta’kidlashicha, Eron «haqoratli hujumi» uchun tovon to‘lashi kerak, va Qatar xalqiga qarshi qator hujumlar javobsiz qolmasligi lozim.
Fors ko‘rfazining qolgan davlatlari — Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, BAA va Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar qilmaydi, ammo Eron hujumlariga javob berish huquqini saqlab qolishini aytishmoqda.
Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 fevraldan 2 martgacha BAAga kamida 165 raketa va 541 dron, Bahraynga – 45 raketa va 9 dron, Qatarga – 72 raketa va 17 dron, Quvaytga – 97 raketa va 283 dron, Ummon va Saudiyaga – kamida 2 dron tashlangan.
Al Jazeera ma’lumotiga ko‘ra, 3 mart holatiga ko‘ra Fors ko‘rfazi mamlakatlarida 8 kishi halok bo‘lgan, 128 kishi jarohat olgan.
So‘nggi yillarda Fors ko‘rfazi davlatlari Eron bilan harbiy qarama-qarshilikka bormadi, o‘z hududlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymadi va u bilan diplomatik aloqalar qurishga harakat qildi.
Sharqshunos ekspert Ruslan Sulaymonovning fikricha, Fors ko‘rfazi davlatlari bu hujumlarga albatta javob beradi, ammo uni AQSh va Isroil bilan birgalikda qilmaydi. Isroillik harbiy ekspert David Sharp esa, aksincha, Yaqin Sharqda zaiflikni namoyish etish kamsitish ekanini ta’kidlamoqda.
