Ot go‘shtini eng ko‘p iste’mol qiladigan davlatlar

Ot go‘shtini eng ko‘p iste’mol qiladigan davlatlar

Turkmanistonda otni so‘yish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa, Isroil davlatida diniy e’tiqod tufayli ot go‘shtini iste’mol qilish man qilingan. Arab xalqlarida esa ot go‘shtini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Biroq, ba’zi davlatlarda ot go‘shtidan tayyorlangan taomlar tansiq va parhez hisoblanib, sevib iste’mol qilinadi. Jumladan, quyidagi 9 ta davlatda ot go‘shti eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulot turiga kiradi:

Evropa qit’asidan Fransiyada ot go‘shtidan dudlangan kolbasani, Germaniyada qovurilgan ot go‘shtini, Belgiyada parhez taom sifatida, Shveysariya ot go‘shtini dudlab va Shotlandiyada esa ot go‘shtidan tayyorlangan chips va gamburger sevib iste’mol qilinadi.

Osiyo qit’asidan Xitoyda ot go‘shti guruch bilan birga, Indoneziyada ko‘mir yoqib qovurilgan ot go‘shtidan tayyorlangan kabobni va Yaponiyada esa ot go‘shtini yupqa kesib xomligicha yeyishni xush ko‘rishadi.

Shuningdek, Qozog‘istonda ot go‘shtidan tayyorlangan taom eng ko‘p iste’mol qilinadi. Xususan beshbarmoq milliy taomi. Qozoq xalqi dunyoda ot go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!