Ostonada Yevropa Ittifoqi va BMT ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Ostonada Yevropa Ittifoqi va BMT ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Evropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Yerjan Kazixanovga tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala, BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi rahbari Debora Layonz hamda Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston diplomatlari ishtirok etdi. Tolibon harakatining ayollarni ijtimoiy hayotdan, jumladan, ta’lim va ish bilan ta’minlashdan chetlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, Afg‘oniston iqtisodiyoti muammolarini hal qilish bo‘yicha global tashabbuslar, mintaqaviy barqarorlik va muloqotni davom ettirish muhimligi muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!