OSIYo O‘YINLARI: Vatanimiz sport sharafini kimlar himoya qiladi?

OSIYo O‘YINLARI: Vatanimiz sport sharafini kimlar himoya qiladi?

Yana bir haftadan keyin Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-bor o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo O‘yinlari start oladi. 

Qit’amizdagi to‘rt yillikning muhim sport tadbirida ishtirok etuvchi sportchilarimiz Indoneziya sari safarlarini boshlab yuborishdi. Birinchilardan bo‘lib, Jakartaga futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamiz yetib bordi. So‘nggi o‘quv-mashg‘ulotlarini Toshkentda olib borgan futbolchilarimiz yig‘in doirasida “Metallurg” klubi vakillari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi va shu o‘yindan so‘ng Jakartaga boruvchi asosiy tarkib o‘yinchilari aniqlanib olindi. 

Ravshan Haydarovning ro‘yxatiga kiritilgan futbolchilar: 

Darvozabonlar:

Botirali Ergashev “Navbahor”

Rahim Davronov “Mash’al”

 

Himoyachilar:

Dostonbek Tursunov “Neftchi”

Islom Qobilov “Bunyodkor”

Abbos Otaxonov “Metallurg”

Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”

Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”

Akrom Komilov “Bunyodkor”

 

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov “Nasaf”

Javohir Siddiqov “Qo‘qon-1912”

Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”

Doniyor Narzullayev “Nasaf”

Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”

Aziz Turg‘unboyev “Navbahor”

Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”

Ikrom Aliboyev “Lokomotiv”

Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya

 

Hujumchilar:

Zabihullo O‘rinboyev “Metallurg”

Bobir Abduxoliqov “Nasaf”

Andrey Sidorov “Neftchi”.

Shuningdek, Osiyo O‘yinlarida ishtirok etuvchi boshqa sport delegasiyamiz tarkibini havola qilishda davom etamiz.

 

QILICHBOZLIK

Roman Aleksandrov

Oleg Sokolov 

Fayzulla Alimov

Javohirbek Nurmatov

Bosh kotib - Muhammad Humoyun Ibrohimov

Murabbiylar - Ruslan Kudayev, Igor Chikinev.

 

VELOSPORT

 

Andrey Izmailov

Murod Xolmurodov

Renata Baymetova

Olga Zabelinskaya (Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sharafini himoya qilib kelgan, qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan mazkur sportchi xalqaro musobaqalarda rossiyalik sportchilarga bo‘layotgan munosabatlardan bezigan xolda bundan keyin xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida tishni ixtiyor etdi. U 5 iyuldan O‘zbekiston fuqarolik pasportini qo‘lga kiritdi).

Jamoa rahbari - Kozim O‘rinboyxo‘jayev

Murabbiylar - Rustam Nuritdinov, Aleksey Smirnov.

 

SAMBO

Islom Ahmadjonov 

Ahmad Rahmatilloyev 

Ne’matjon Yoqubov 

Kamoliddin Xolmamatov 

Nodira Gulova 

Madina Turg‘unboyeva 

Gulmira Ismatova 

Nilufar Davletova 

Jamoa rahbari - Ravshan Ahmadjonov 

Murabbiylar - Roman Shakirov, Yekaterina Bliznesova.

 

SPORT GIMNASTIKASI

Oksana Chusovitina

Sabina Turobova

Anton Fokin

Abdulla Azimov

Rasuljon Abdurahimov

Husniddin Abdusamatov

Akobir Hamroqulov

Federasiya raisi o‘rinbosari - Ruslan Mustayev

Murabbiylar - Andrey Nilov, Svetlana Kuznesova, Yevgeniy Galkin.

Shifokor - Svetlana Svyatskaya.

 

BADIIY GIMNASTIKA

Sabina Toshkenboyeva

Nuriniso Usmanova

Dildora Rahmatova

Asal Ikromova

Murabbiylar - Yelena Aslanova, Liliya Vlasova

Massajchi - Aleksey Shachnev.

 

TRAMPOLIN

Amiran Babayan

Samirbek Usmonov

Farangiz Ro‘ziyeva

Murabbiy - Roziya Yakubova.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yurtimiz sharafini 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha himoya qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!