Osiyo-Okeaniya Kurash konfederasiyasi nomi o‘zgaradi

Osiyo-Okeaniya Kurash konfederasiyasi nomi o‘zgaradi

Tehron shahridagi Olimpiya mehmonxonasi konferens zalida Osiyo-Okeniya Kurash konfederasiyaning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongressda 20 ga yaqin milliy federasiyalar vakillari, Konfederasiya Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari va Xalqaro Kurash assosiasiyasi raxbarlari ishtirok etdi.

Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti Haydar Farmon yig‘ilishda so‘zga chiqdi va barcha delegatlarni Kongress va qit’a chempionati bilan samimiy tabrikladi.

Osiyo qit’asi Kurash sporti ommalashgan eng kuchli konfederasiyalardan biri ekanligi qayd etdi. Mazkur faoliyat kelgusida yanada jadallashishisha ishonch bildirdi.

3 soat vaqt mobaynida Kongress kun tartibiga kiritilgan 15 ta masala ko‘rib chiqildi. Hisobotlar tinglandi. Taklif va fikrlar bildirildi.

Yig‘ilishni Konfederasiya Prezidenti Komil Ro‘ziyev boshqarib bordi.

Kongressda kun tartibiga kiritilgan Osiyo-Okeaniya Kurash konfederasiyasi nomini o‘zgartirish masalasi bo‘yicha so‘z yuritgan Komil Ro‘ziyev quyidagilarni ma’lum qildi:

–Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederasiyaning Ustaviga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Mazkur o‘zgartirishlar nimalar iborat bo‘ladi?

Bu birinchisi Osiyo-Okeaniya Kurash konfederasiyasi nomi o‘zgartiriladi. Xalqaro Kurash assosiasiyasining tavsiyasiga ko‘ra Okeaniya Kurash konfederasiyasi yangidan tashkil etilishi sababli faoliyatimiz Osiyo Kurash konfederasiyasi deb o‘zgartiriladi.

Yangi Ustav loyihasida shuningdek, Konfederasiya boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilish masalasini aniq mezonlari belgilangan.

Unga ko‘ra Konfederasiya Prezidentining taklifi bilan Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga «Maslahatchi», "Faxriy a’zo", "Faxriy vise-prezident" lavozimlari qo‘shilishi mumkin. Lekin bu lavozimlar ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydi–deya ma’lum qildi.

Shuningdek, kongress davomida 2025 yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligiga davogar mamlakatlar ham ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra Koreya Respublikasi 2025 yil yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga mezbonligi tasdiqlandi.

Chempionat bahslari iyun-iyul oylariga rejalashtirilgan bo‘lib Incheon shahri mezbonlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!