Osiyo davlatlaridan biri koronavirusning «supertarqatuvchisi»ga aylanishi mumkin

Osiyo davlatlaridan biri koronavirusning «supertarqatuvchisi»ga aylanishi mumkin

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Myanmada koronavirusga qancha aholi chalingani hamda undan qancha aholi vafot etgani noma’lum bo‘lib, aynan shu omil mamlakatni «supertarqatuvchi»ga aylantirishi mumkin. Davlatning dunyo aholisining uchdan bir qismi yashaydigan mamlakatlar bilan chegaradoshligi esa vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

«Myanma tobora koronavirusning supertarqatuvchisiga aylanib bormoqda. Zero, bugungi kungacha xastalikning ʼdeltaʼ hamda boshqa shtammlari mamlakat bo‘ylab tezlikda tarqalmoqda. Bu juda xavfli», — deya ta’kidlagan Tom Endryus.

Uning qayd etishicha, koronavirus millat, chegara, mafkura, siyosiy partiyalarni hurmat qilmaydi. U hech nimani tan olmaydigan va ajratmaydigan qotildir.

Avvalroq Osiyo davlatlaridan biri koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylangani xabar berilgan. Shuningdek, koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylanishi mumkin bo‘lgan davlat ma’lum qilingan va qaysi davlat koronavirus mutasiyasi o‘chog‘i ekani aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!