“Osiyo bolalari-2024” o‘yinlari qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

“Osiyo bolalari-2024” o‘yinlari qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari 2023 yil fevral oyida boshlanadi.

“Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari 2024 yil Yakutiyada o‘tkaziladi. Bu haqida xalqaro sport o‘yinlariga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Rossiya Federasiyasi Primore o‘lkasi markazida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari jarayonida ishtirok etayotgan davlat va jamoa rahbarlari, mutaxassislar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlarining taqdimoti o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, qishki o‘yinlar 2023 yil 23 fevralda boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqalar Rossiya Federasiyasi Kuzbass hududining 4 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari direksiyasining rahbari Aleksey Puzyninning so‘zlariga ko‘ra, Kuzbass qatnashchilar uchun “yangi oyna” bo‘ladi.

“Mintaqa Osiyo xalqlari madaniyatining barcha ulug‘vorligini o‘zida namoyish qilgan ochilmagan mintaqadir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Vladivostokda o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport o‘yinlarida jami 16 yoshgacha bo‘lgan 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!