Oq uy yaqinida jurnalist o‘zini yoqib yubordi
Bu yaqin atrofda Falastin tarafdorlari namoyishi bo‘lib o‘tayotgan paytda sodir bo‘ldi.
Tegishli kadrlar ijtimoiy tarmoqda tarqatildi. “Men jurnalistman. Iltimos, yolg‘on ma’lumot chop etishni bas qiling, - deb qichqiradi yigit, o‘sha paytda polisiya uni to‘xtatmoqchi. Yaqin atrofdagi yana bir kishi namoyishchi tomon suv otib olovni o‘chirishga harakat qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak o‘zini yondirmoqchi bo‘lganidan keyin qo‘lida engil kuyish jarohati olgan.
Guvohlarning xabar berishicha, gap telekanalning G‘azo sektori haqidagi yolg‘on ma’lumot tarqatganidan g‘azablangan CBS jurnalisti haqida ketmoqda.
G‘azo uchun o‘zini yoqib yuborishga uringan namoyishchilar soni ortib bormoqda
Hozirgacha to‘rt kishi AQSh hukumatining Isroilni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi norozilik sifatida o‘zini yoqib yuborishga uringan.
2023 yil 1 dekabr kuni Falastin bayrog‘ini ushlab turgan faol Isroilning Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Bosh konsulligi oldida o‘zini yondirishga urindi. U og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Namoyishchining jinsi, yoshi va ismi haqida ma’lumot berilmagan.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining 25 yoshli faol askari Aaron Bushnel 24 fevral kuni Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida o‘zini yoqib yubordi. Shunday qilib, Bushnel G‘azoda Isroil genosidiga qarshi norozilik bildirishga qaror qildi.
Uchuvchi o‘ziga benzin sepib, «Men endi genosid jinoyatiga sherik bo‘lmayman», «Men hozir juda qattiq norozilik namoyishini uyushtiryapman, lekin mening harakatlarim yuzma-yuz ko‘rinishda unchalik muhim emas» degan so‘zlar bilan o‘zini yoqib yubordi. Falastinliklar bosqinchilar qo‘lida nimalarni boshdan kechirayotgani haqida."
Internetdagi kadrlarda Bushnelning so‘nggi nafasigacha «Falastinga ozodlik!» deb baqirgani ko‘rinadi.
Ayni paytda diplomatik missiya xavfsizlik xizmati polisiyachilaridan biri olov ichida bo‘lgan Bushnelga qurol ko‘rsatib, kutmoqda. Yana bir polisiyachi: «Bizga qurol kerak emas, o‘t o‘chirish moslamasi kerak», deb yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.
Metropolitan polisiya departamentining ma’lum qilishicha, 25 yoshli Bushnel o‘zini yoqib yuborganidan keyin vafot etgan.
11 sentyabr kuni Bostonda ijtimoiy tarmoqda o‘zini Mett Nelson deb tanishtirgan erkak G‘azo sektoridagi genosidga norozilik bildirgan videoni tarqatganidan so‘ng o‘zini yoqib yubordi.