Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etiladi

Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etiladi

Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikasiyadan o‘tishi talab etiladi.

Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bog‘liq shubhali frod operasiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy qilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur tartib 2024 yilning 1 noyabridan 2025 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

Unga ko‘ra, endilikda fuqarolardan ariza yuborish jarayonida biometrik identifikasiyadan o‘tishlari talab etiladi.

Bu talabgorning arizani shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga aniqlik kiritish imkonini beradi.

Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, kredit tashkilotlari fuqaro kredit olish uchun ariza yuborganidan keyin uning kredit byurolari ma’lumotlar bazasidagi kredit tarixini 2 bosqichda (ariza tushgandan so‘ng hamda kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) tekshirishdan (skoring) o‘tkazadi.

Tekshiruv natijasida mijozning salbiy kredit tarixi yoki qarz yuki keskin oshgani aniqlansa, qisqa davr ichida bir nechta kredit rasmiylashtirilgan va qarz yuki keskin oshgan bo‘lsa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi to‘g‘risida xabar beriladi.

Bu esa, firibgarlar aldoviga uchgan fuqarolar nomiga bir nechta kredit tashkilotidan kredit mablag‘lari ajratilishining oldini oladi.

Bundan tashqari, fuqaro kredit tashkiloti mobil ilovasidan yangi ro‘yxatdan o‘tib yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirib, birinchi marta onlayn kredit olganda, mazkur kredit ajratilganidan boshlab 48 soat davomida kredit hisobidan P2P amaliyotlar, jismoniy shaxslar hisobvaraqlari va elektron hamyonlarga o‘tkazmalar, mobil aloqa operatorlari orqali telefon raqami hisobini to‘ldirish, chet elga pul o‘tkazmalari hamda onlayn valyuta ayirboshlash operasiyalariga cheklovlar o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Mazkur cheklovlarni yechish uchun mijoz 48 soat ichida kredit tashkiloti tomonidan yuborilgan SMS-xabarda qayd etilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, kreditni firibgarlar ta’sirisiz olganligini ma’lum qiladi, kredit tashkiloti xodimi esa mijozga qayta bog‘lanib, berilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirib, qo‘shimcha tasdiqdan o‘tkazadi.

Yuqorida qayd etilgan cheklovlar ajratilgan kredit mablag‘larini fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra naqdlashtirishiga yoki tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish kabi operasiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi va bu operasiyalar hech bir cheklovlarsiz amalga oshirilishi mumkin.

Kredit mablag‘lari fuqaroning bank kartasiga o‘tkazilgandan keyin pul mablag‘lari sarflanmagan bo‘lsa, 48 soat ichida kredit olishga ariza mijoz tomonidan firibgarlar ta’sirida berilgani aniqlansa yoki mijoz qo‘shimcha tasdiqdan o‘tishni amalga oshirmasa, kredit shartnomasi kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinadi va ajratilgan pul mablag‘lari kredit tashkiloti hisobiga qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

MMA. Mahmud Muradov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi

Аралаш яккакураш устамиз Маҳмуд Мурадов ўзининг ММАдаги навбатдаги жангини ўтказди.

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

Ronaldu: «Orzu haqiqatga aylandi»

Криштиану Роналду Португалия 2030 йилги жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиши ҳақида гапирди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Turkiya, Eron, Rossiya, Qatar, Misr, Iordaniya va boshqa davlatlar Suriya bo‘yicha qo‘shma bayonot berdi

Бу ҳақда РИА Новости хабар берди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Rossiya o‘z ishini boshladi

Россия армияси Украинадаги нишонларга яна камикадзе дронларини учиришни бошлади.

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

“Ўзгидромет” Ўзбекистонда 15 декабрь, якшанба куни об-ҳаво қандай бўлиши ҳақида маълумот берди.

Isroillik ravvin: “G‘azoda hammani, hatto chaqaloqlarni ham o‘ldiring”

Исроил ишғоли остидаги Яффа шаҳридаги Шират Моше Ҳесдер ешива раҳбари Элияҳу Малининг Ғазо аҳолиси, жумладан, болалар ва чақалоқларни йўқ қилишга оид чақирувлари жиддий эътирозларга сабаб бўлди. У ўз нутқида “яҳудийча” уруш тамойилларини мисол қилиб келтирган.

Erdo‘g‘an Suriya hududlarini Turkiya tarkibiga qo‘shib olishga va’da berdi

Бу ҳақда Туркия Президенти Сакарядаги чиқиши давомида гапириб ўтди

Buxoroda G‘ijduvon bozori dahshatli tarzda yonmoqda

Бу ҳолат бўйича қўшимча маълумот берилади.

Shveysariya yarim yalang‘och ukrainalik ayollarning Jenevadagi BMT yodgorligiga hujumini qoraladi

Ҳайкалда 12 га яқин шикастланишлар пайдо бўлди.

«Doimiy hujum»

Исроил ҳарбийлари тез ёрдам машиналарини ишдан чиқаришга уринган.

Isroil Nuseyrat qirg‘inidan bir kun o‘tib G‘azodagi maktab va uylarni bombardimon qilmoqda

Исроил сўнгги бир кун ичида Ғазо шаҳридаги иккита мактабга зарба бериб, тинч аҳолини нишонга олишда давом этар экан, камида 52 кишини ўлдирди.

Suriyadagi kurd terrorchilar Isroildan yordam so‘radi

Бу ҳақда Исроил Ҳаём хабар берган.

Suriyaliklar ruslarni o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan holda kuzatib qo‘ydi

Россия қўшинлари Суриядан чиқиб кетмоқда, деб ёзади хорижий ОАВ.

Rossiya neft bazasiga zarba berildi

Муваффақиятли ҳужумни Украина Қуролли кучлари Бош штаби тасдиқлади.

Janubiy Koreada harbiylar tayyor bo‘lishga chaqirildi

Мудофаа вазири вазифасини бажарувчиси ҳарбийларни «тайёр бўлишга» чақирди.

Janubiy Koreya prezidenti ishdan bo‘shatildi

Жанубий Корея парламенти ўтган ҳафтада мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этишга муваффақиятсиз уриниш қилган президент Юн Сок Ёлга импичмент эълон қилиш учун овоз берди, деб хабар бермоқда “Yonhap”.

Suriyada «jihod dorisi»ning katta zahiralari topildi

Дамашқда Сурия миллий армияси «жиҳод дориси» деб ҳам аталадиган ноқонуний Cаптагон дорисининг катта захирасини топди.

Tailanddagi festivalda bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Жанубий Корея парламенти президентнинг импичментини қўллаб-қувватлади.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида тан жароҳати олган ва вафот этганлар йўқ.

Ukrainaga keng ko‘lamli hujum: 300 ga yaqin raketa va dronlar

Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.

Kreml Trampning Ukrainaning Rossiyaga bergan zarbalarini tanqid qilganini olqishlaydi

«Биз ўт очишни тўхтатмоқчи эмасмиз, биз шартлар бажарилиб, барча мақсадларимизга эришгандан сўнг тинчлик бўлишини истаймиз», — деди Песков.

Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tufayli qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.

AQSh Ukrainaga shoshilinch yordamni e’lon qildi

Жо Байден «биз ушбу маъмуриятни охиригача қўшимча пакетлар билан таъминлашни давом эттирамиз,» деб айтган.

Sergelidagi MaxWay binosida yong‘in chiqdi

Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.

Samarqandda 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Марҳуманинг ўлим сабабини аниқлаш мақсадида суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Kaliforniyadagi yirik yong‘in tufayli 12 ming kishi evakuasiya qilindi

Лос-Анжелес округи ёнғин департаменти маълумотларига кўра, “Франклин” ёнғини бир кечада 39 фоизга ўсган

Rossiya Ukrainaga katta hujum boshladi

13 декабрь куни эрталаб Россия Украина ҳудудига 93 та ракета ва 200 га яқин дрон учирди.

Suriyalik isyonchilar Hafiz Asadning maqbarasiga o‘t qo‘yishdi

«Ҳайят Таҳрир аш-Шам» ҳаракати бошчилигидаги исёнчилар яшин тезлигида Сурияни қўлга киритиб, Асадлар оиласининг 54 йиллик ҳукмронлигига нуқта қўйди. Мамлакатни ташлаб қочган президент Башар Асад ва унинг оиласига Россия бошпана берди.