Olimlar xavotirda: koronavirusning yana bir xavfli oqibati oshkor bo‘ldi

Olimlar xavotirda: koronavirusning yana bir xavfli oqibati oshkor bo‘ldi

Flori nevrologiya va ruhiy sog‘liqni saqlash instituti (AQSh) olimlari SARS-CoV-2 koronavirusi Parkinson kasalligining rivojlanishiga turtki bo‘lganligini aniqladilar. Tadqiqotchilar COVID-19 pandemiyasi kelajakda millionlab odamlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan  nevrologik kasalliklarning keng tarqalishiga olib keladi, degan xavotirda. Bu haqda Journal of Parkinson’s Disease jurnalida chop etilgan maqolada xabar berilgan.

Tadqiqotchilar virusli infeksiya markaziy asab tizimida yallig‘lanishni keltirib chiqarishi va miyaning keyinchalik hayotdagi nevrologik hodisaga keskinroq javob berishiga sabab bo‘ladigan "ikki karra" gipotezasini haqida ma’lumot berishdi. Ushbu hodisa virusli infeksiya, pestisidga ta’sir qilish yoki oddiy qarish bo‘lishi mumkin. Bunday holda g‘ayritabiiy asab reaksiyasi paydo bo‘lib, Parkinson yoki shunga o‘xshash kasallikka olib keladi.

SARS-CoV-2'ning neyrotrop virusi ekanligi haqida dalillar tobora ko‘payib bormoqda, demak u miya to‘qimalariga kirib boradi va halokatli ta’sirga ega. Shunga o‘xshash holat 1918 yilda gripp pandemiyasi paytida ham kuzatilgan edi, o‘shanda, ispan grippi tugaganidan besh yil o‘tgach, dunyoda Parkinson kasalligi bilan kasallanish deyarli uch baravar ko‘paygan.

So‘nggi 20 yil ichida Parkinson kasalligi bilan og‘riganlar soni ikki baravar ko‘payib, uch milliondan olti millionga yetdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!