Olimlar Yerning «qarindoshi»ni aniqladilar: unda ulkan okean bo‘lishi mumkin

Olimlar Yerning «qarindoshi»ni aniqladilar: unda ulkan okean bo‘lishi mumkin

Monreal universiteti (Kanada) olimlari hayotning rivojlanishi uchun mos bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv sayyorasini topdilar. U Kit yulduzlar turkumida, Yerdan 48 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikricha, sayyora yuzasida atmosfera va hatto suyuq okean bo‘lishi mumkin.

LHS 1140 b ekzosayyorasi bir nechta teleskoplar yordamida o‘rganildi: Jeyms Uebb, Spitzer, Hubble va TESS. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, u Yerdan 5,6 marta yirik, radiusi esa Yernikidan 1,73 marta kattaroqdir.

Sayyora o‘z yulduziga yaqin joylashgan va 25 kun ichida to‘liq aylanib chiqadi. Ammo yulduz Quyoshnikidan ancha xiraroq va sovuqroq bo‘lgani uchun LHS 1140 b yuzasida o‘rtacha harorat kuzatiladi.

Tadqiqot davomida olimlar uning atmosferasida, Yer atmosferasida dominant komponent bo‘lgan azot belgilarini aniqladilar. Sayyoraning zichligi kub santimetr uchun 5,9 gramm deb baholangan. Bu butunlay toshdan iborat sayyora emas. Astronomlarning fikriga ko‘ra, LHS 1140 b - global okean bilan qoplangan suv dunyosi.

Sayyora har doim yulduzga faqat bir tomoni bilan qaraydi. Uning «tun» tomoni butunlay muz bilan qoplangan, ammo «kunduz» tomonida suv suyuq bo‘lib qolishi mumkin. U yerdagi harorat Selsiy bo‘yicha 20 daraja bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bu dengiz ekotizimining gullab-yashnashi uchun qulay sharoitlardir.

«LHS 1140 b atmosferaga ega ekanligini tasdiqlash uchun bizga kamida yana bir yillik kuzatuvlar kerak, ehtimol karbonat angidridni aniqlash uchun yana ikki yoki uch yillik kuzatuvlar kerak», dedi olimlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!