“Jeyms Uebb” kosmik teleskopi ilk bor Neptunda yorqin qutb yog‘dusini tasvirga oldi. Ilgari astronomlar sayyorada ushbu hodisa mavjudligini taxmin qilib kelgan, ammo bu tasdiqlanmagan edi. Surat NASA rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Qutb yog‘dusi Quyoshdan keladigan zarrachalar sayyoraning magnit maydoniga kirib, atmosferaning yuqori qatlamlariga urilganda yuzaga keladi. Bu to‘qnashuvlar natijasida ajralib chiqadigan energiya ko‘zga ko‘rinadigan nurlanishni hosil qiladi.
1989 yilda “Voyajer 2” zondi Neptun yonidan uchib o‘tayotganda, astronomlar sayyorada qutb yog‘dusiga o‘xshash hodisani ko‘rishgandi. Biroq uning haqiqiyligini tasdiqlash va hodisani yaxshiroq suratga olish qiyin kechdi. Bu ishni faqat “Jeyms Uebb” uddalashga muvaffaq bo‘ldi.
Teleskop ilk ma’lumotlarni 2023 yilda Yerga uzatgan. Olimlar tasvirlarda qutb yog‘dusining asosiy belgisi bo‘lgan uch vodorodli kationni ko‘rdi. “Jeyms Uebb” kuzatuvlari natijasida hodisa nima sababdan uzoq vaqt ko‘rinmay kelganiga ham aniqlik kiritildi: yog‘du qutblar o‘rniga o‘rta kengliklarda namoyon bo‘lgan. Bunga sabab Neptunning magnit maydoni aylanish o‘qiga nisbatan 47 daraja oqqani — natijada quyosh shamoli atmosfera bilan odatdagidan boshqacha ta’sirlashishni boshlagan.
Tadqiqotchilar “Uebb” teleskopi ma’lumotlarini Neptunning “Habbl” teleskopidan olingan tasviriga joylashtirdi. Bu usul sayyoradagi qutb yog‘dularining qanday ko‘rinishini tushunishga yordam berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.