Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qit’ada tengsiz deb topildi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qit’ada tengsiz deb topildi

Toshkent mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati sarhisob qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ochkolar klassifikasiyasida, shuningdek, erkaklar terma jamoasi ochkolar borasida eng yaxshi deb topildi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

3-10 fevral kunlari o‘tgan qit’a birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shulardan 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza yigitlar ulushiga to‘g‘ri kelsa, qizlar 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Quyida ochkolar va medallar bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan jamoalarni ko‘rsatib o‘tamiz:

Umumiy ochkolar klassifikasiyasi:

1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha erkaklar jamoalari:

1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha ayollar jamoalari:

1. Janubiy Koreya
2. O‘zbekiston
3. Xitoy Taipeyi

Umumiy medallar bo‘yicha:

1. KXDR – 32 ta oltin, 1 ta kumush
2. Janubiy Koreya – 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza
3. O‘zbekiston – 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza

Medallar bo‘yicha erkaklar terma jamoalari:

1. KXDR – 11 ta oltin, 1 ta kumush
2. O‘zbekiston – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza
3. Janubiy Koreya – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Medallar bo‘yicha ayollar terma jamoalari:

1. KXDR – 21 ta oltin
2. Janubiy Koreya – 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza
3. O‘zbekiston – 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Osiyo rekordlari: 9 ta;

Jahon rekordlari: 8 ta.

Eng yaxshi erkak sportchi: Ervin Rahmat (Indoneziya)

Eng yaxshi ayol sportchi: Song Gum Ri (KXDR)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!