Odil Ahmedov: «Maradona – dunyo futbolining haqiqiy qiroli sifatida qoladi»

Odil Ahmedov: «Maradona – dunyo futbolining haqiqiy qiroli sifatida qoladi»

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov bugun, 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan futbol afsonasi Diyego Armando Maradona xaqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Futbol afsonasi Maradonaning vafot etgani haqida o‘qib, to‘g‘risi shokka tushgandek bo‘ldim. Kutilmagan noxush xabar bo‘ldi.

Bilasizmi, har qanday futbolchi borki, Maradonadek buyuk o‘yinchi bo‘lishni orzu qiladi. U jahon futbolida katta o‘rin tutgan, ulkan yutuqlari bilan millionlab muxlislar ko‘nglidan joy olgan edi. Hozirgi mashhur o‘yinchilar ham Maradonaga o‘xshashni istagan. U endi hayot bo‘lmasa-da, millionlab muxlislar qalbida bir umrga joy olgan futbolchi bo‘lib qoladi.

Futbol tarixi ham uningdek o‘yinchilarni doim eslab qolishiga shubham yo‘q. Maradonaning ko‘p yillik muxlislariga ham o‘z ta’ziyamni bildirib qolaman. Maradona maydondagi o‘yini bilan yosh futbolchilar uchun o‘rnak sifatida qoladi. Uning tili, dinidan qat’i nazar, oxirati obod bo‘lsin. U dunyo futbolining haqiqiy qiroli sifatida qoladi», - deydi O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov Tribuna.uz sayti muxbiriga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!