OAV: Trampning rafiqasi o‘zini dunyodagi "eng tahqirlangan inson" deb hisoblaydi

OAV: Trampning rafiqasi o‘zini dunyodagi "eng tahqirlangan inson" deb hisoblaydi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp o‘zini dunyodagi eng tahqirlangan insonlardan biri deb hisoblaydi. Bu haqda ABC News xabariga tayanib Daryo.uz ma’lum qildi.

Nashr muxbiri bilan suhbatda Melaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda tahqirlashga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan Be Best nomli loyihasi haqida ham gap ketdi.

«Aytishim mumkinki, men ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tahqirlanadigan insonman», — deydi Donald Trampning rafiqasi.

«Aniqrog‘i ulardan biriman. Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda odamlar men haqimda nima deyishlarini tinglasangiz, bunga amin bo‘lasiz», — deya so‘zlarini davom ettiradi Melaniya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Be Best loyihasini amalga oshirishga ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar turtki bo‘lgan.

AQSh prezidentining fikricha, bolalarga internetda o‘zini qanday tutish kerakligini o‘rgatish zarur. Ular shuningdek, tarmoqlardagi tahqirlanishlarga qanday qarshi turishni ham bilishi kerak.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!