Nyu-Dehlining bir qator hududlarida norozilik namoyishlari tufayli Internet o‘chirib qo‘yildi

Nyu-Dehlining bir qator hududlarida norozilik namoyishlari tufayli Internet o‘chirib qo‘yildi

Hindiston Ichki ishlar vazirligi fermerlarning noroziligi munosabati bilan Nyu-Dehlining bir nechta hududlarida Internetni vaqtincha o‘chirishni buyurdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Jamoatchilik xavfsizligini saqlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun Singxu, Gazipur, Tikri, Mukarba-Chouk, Nangloy va poytaxt Dehliga tutash hududlarda Internet xizmatlarini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida buyruq berish zarur va o‘rinlidir", deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Internet 26 yanvar soat 23.59 gacha o‘chirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!