NYT: "Trampning Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha rejasi Putinning takliflariga o‘xshaydi"

NYT: "Trampning Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha rejasi Putinning takliflariga o‘xshaydi"

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha AQSh vise-prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod J.D.Vens tomonidan ilgari surilgan rejasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejasiga "ob’ektiv jihatdan o‘xshash". Bu fikrni Amerikaning The New York Times gazetasi bildirgan.

"Vens Ukrainadagi urushni tugatish uchun tinchlik rejasini ishlab chiqdi. Ammo ob’ektiv nuqtai nazardan, bu Vladimir Putinning rejasiga juda o‘xshaydi", - deb hisoblaydi nashr.

Bundan oldin Vens Shoun Rayan shou podkastida Oq uyning sobiq rahbarining Rossiya-Ukraina mojarosiga barham berish rejasi haqida gapirdi.

Vensning fikricha, Tramp Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillarini tinchlik kelishuvi qanday bo‘lishi va u qanday bandlarni o‘z ichiga olishi kerakligini aniqlash uchun taklif qiladi.

AQSh vise-prezidenti lavozimiga nomzodning ta’kidlashicha, kelishuv Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi demarkasiya chizig‘ini o‘z ichiga olishi kerak, u yerda demilitarizasiya qilingan hudud kabi narsa yaratiladi. Moskva, shuningdek, Kiyevdan NATO va boshqa ittifoqchi institutlarga qo‘shilmasligi haqida kafolat oladi, deb hisoblaydi Vens.

14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Kiyev o‘z qo‘shinlarini DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlari hududlaridan olib chiqib ketishi kerakligini aytdi. Rossiya yetakchisi Ukraina tomoni bu shartga rozi bo‘lgach, jangovar harakatlar darhol to‘xtatilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kiyev Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish rejalaridan voz kechganini rasman e’lon qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!