Noan’anaviy teri rangiga ega bo‘lgan bola reklamada suratga tushib mashhur bo‘lib ketdi (foto)

Noan’anaviy teri rangiga ega bo‘lgan bola reklamada suratga tushib mashhur bo‘lib ketdi (foto)

Irlandiyaning Primark moda kompaniyasining bu galgi reklamasida teri pigmentasiyasining buzilishi sabab o‘zgacha rangga ega bo‘lgan bola ishtirok etdi, deya xabar beradi Metro .

Yuz va tana qismida kamchiliklari bor insonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan Buyuk Britaniyaning Changing Faces xayriya jamg‘armasi kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Biz Primark reklamasida vitiligo xastaligiga chalingan yosh modelni ko‘rganimizdan xursand bo‘ldik. Bunday modellar insondagi tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq noto‘g‘ri fikrlarga qarshi kurashishda yordam beradi va o‘zlikning har qanday chiroydan ustunligini isbotlaydi , dedi Changing Faces ning rahbari Beki Xyuitt.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!