Nima uchun Germaniyada koronavirusdan o‘lim darajasi past?

Nima uchun Germaniyada koronavirusdan o‘lim darajasi past?

Germaniya ommaviy axborot vositalari Germaniyada koronavirus tufayli o‘limning nisbatan past darajasiga olib keladigan uchta asosiy omilni ta’kidlashadivirus tarqalishining o‘ziga xos xususiyati, Germaniya sog‘liqni saqlash tizimining darajasi va aholining intizomi.

Germaniyaning Robert-Koch instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Covid-19 yuqtirib olganlarning katta qismi (70 %i) 15 - 59 yoshdagi aholi guruhi hisoblanadi. Shuning uchun, Germaniyada virusning o‘ziga xos xususiyati u keksalar orasida emas, immun tizimi mustahkam yoshlar orasida tarqaldi.

Mart oyining oxiriga kelib Germaniyada karantin va o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimiga o‘tdi va Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi Covid-19'ga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi: kasalxonalar infeksiyani olish uchun qo‘shimcha o‘rinlar tashkil qildi, shifokorlar va hamshiralar uchun favqulodda vaziyatlar jadvallarini tuzildi va iloji boricha ko‘proq, niqoblar himoya kostyumlari va dorilar to‘plandi.

GFR Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 mart kuni Germaniyaning Dragerwerk kompaniyasiga 10 mingta sun’iy shamollatish moslamalariga (mavjud bo‘lgan 25 mingta moslamaga qo‘shimcha ravishda) buyurtma berdi. Buyurtmaning bajarilishi to‘liq amalga oshirilmoqda: masalan, mart oyining boshida 1 100 ta qurilmaga ega bo‘lgan Berlindagi kasalxonalar, endilikda 1 600 nafar bemorni ventilyasiya bilan ta’minlashi mumkin.

9 aprel kuni sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan, aprel oyi oxirida bu ko‘rsatkich 1 ming 800 ga, yozda esa 2 ming 200 ga yetkazilishimi aytdi. Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab reanimasiya bo‘limlarida 10 ming o‘rin mavjud.

Bundan tashqari, Germaniya shifoxonalari Fransiya, Italiya hamda Niderlandiyadan kelgan 200 ga yaqin Covid-19 bemorlari davolandi. Budesver (Germaniya qurolli kuchlari) NATOdagi sherigi Buyuk Britaniyaga 60 ta sun’iy shamollatish qurilmasi taqdim etdi.

Shuningdek, nemischa intizom ham o‘z so‘zini aytmoqda. Nemislar Germaniya kansleri Angela Merkelning 18 mart kuni o‘z xalqiga murojaatidagi barchani ijtimoiy aloqalarni minimallashtirishga chaqirgan gaplariga quloq solishdi.

Bularning barchasi hozirgi kunga qadar Germaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni pandemiyada qayd etilganidan ancha past bo‘lishiga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada rasman 111 mingdan ziyod koronavirus holati qayd etilgan. Ulardan 2200 nafari o‘lim bilan yakunlangan. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha Germaniya qo‘shnilari Belgiya va Niderlandiya bilan bir safda. Faqat bu davlatlar aholisi bir necha barobar kamroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!