Nikol Kidman teri saratoniga olib kelgan eng katta xatosi haqida gapirdi

Nikol Kidman teri saratoniga olib kelgan eng katta xatosi haqida gapirdi

“Oskar” mukofoti sohibasi Nikol Kidman teri saratonini boshdan o‘tkazganligini ma’lum qildi.

Bo‘lgan voqea to‘g‘risida muxlislariga gapirib bergan aktrisa ultrabinafsha nurlarining zararli ekanligiga ahamiyat bermagani va o‘z sog‘ligi haqida o‘ylamaganligidan afsuslanishi ta’kidladi.

Bu haqda Nikol “The Sydney Morning Herald” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Menga teri saratoni tashxisini qo‘yishgandi. Quyosh bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lmaganimdan afsuslanamanmi? Ha, afsusdaman. Ammo men hali ham shu yerda ekanligimdan minnatdorman!” - dedi yulduz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!