Nikoh shartnomasi oila mustahkamligining asosidir

A A A
Nikoh shartnomasi oila mustahkamligining asosidir

Oila-jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Unda ajdodlarimiz merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi bor. Biz shu oilada kelajagimiz egalari, millatimiz vorislarini tarbiya qilamiz. Bu muqaddas dargohda kechagina beshikni tebratib, bag‘rimizga bosib, ovutganlarimiz – farzandlarimiz o‘smoqda. Ona O‘zbekistonimizda ham oila hamisha muqaddas sanalgan. Oilani qo‘llab quvatlash va bola manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan konstitusiyaviy normalar qator qonun va qonun osti hujjatlarida o‘z aksini topgan.

Oilaning asosiy vazifasi xam jamiyatga fidoyi komil insonlarni yetishtirib berishdan iborat. Zero, sog‘lom bola bu sog‘lom oilaning mevasidir. Sog‘lom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, balki o‘zbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy g‘oya va bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi ezgu his-tuyg‘ular ruhida kamol topgan manan yetuk insonni tushunishimiz mumkin. Zero, manaviy sog‘lom insonlar avvalo yurt tinchligi, xalq farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qayg‘ura oladilar. Bevosita oiladagi sog‘lom muhit, sog‘lom mafkura, manaviy sog‘lom insonning tayanch manbaidir deya olamiz. Jamiyatimiz mustahkam tayanchi bo‘lmish oila nafaqat ertangi kun shaxslarini tarbiyalaydi, balki vatan va ertangi kun uchun qayg‘ura olish qobiliyatini xam shakllantira olishi shubhasizdir.

Respublikamizda oilaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarimizni sog‘lom va mustahkam oila qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oila jamiyatning asosi xisoblanadi. Xo‘sh oilaning asosini nima tashkil etadi? Albatta oilaning xuquqiy asosini qonuniy nikox tashkil etadi. Chunki faqat qonuniy nikohgina oilada er-xotin va bolalar o‘rtasida o‘zaro xuquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi.

Nikoh o‘zi nima?

  • Nikoh o‘zi nima, u kelishuv, bitim, shartnoma, ahdnoma yoki bo‘lajak kelin-kuyov o‘rtasidagi ittifoqmi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. “Nikoh” so‘zi arabcha bo‘lib, “qo‘shilish”degan ma’noni anglatadi. Uning lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra, nikoh bu ikki jinsdagi shaxslarning o‘zaro rozilik, ixtiyoriylik, tenglik, belgilangan nikoh yoshiga yetganlik asosida axdlashib tuziladigan ittifoqidir. O‘zR Konstitusiyasining 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, deyiladi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasida nikoh yoshi ayollar va erkaklar uchun 18 yosh deb belgilangan bo‘lsa-da mutaxassislar 20 yoshdan keyin nikohga kirib oila qurish maqsadga muvofiq deb ta’kidlaydilar.

Nikoh tuzish tartibi.

Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi va shartlari belgilab berilgan bo‘lib, nikoh fuqorolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusmlarga binoan tuzilgan nikoh xuquqiy ahamiyatga ega emas. Oila kodeksining 14-va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.

Xozirgi kunda Oila kodeksiga yangi norma sifatida “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish” to‘g‘risidagi 17-modda kiritildi. Mazkur moddada nikohlanuvchi shaxslarning davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Bu borada O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nikoxlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan. Mazkur Nizom O‘zR FHDYo organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish xollari bundan mustasno. Nizom talablariga muvofiq nikohlanuvchi shaxslar o‘zlari yashash joylaridagi tibbiy muassasadan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

Oila kodeksining 29-moddasiga binoan, nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrda yoxud er va xotin nikohdan ajralgan taqdirda, ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir.

Oila huquqiy asoslarining uzviy bir qismi nikoh shartnomasi, nikohning rasmiy qayd etilishi, unda ishtirok etayotgan yigit va qizning shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini yuzaga keltiradi. Oila qurayotgan bugungi yoshlar ichida bu jarayongacha, tadbirkorlik qobiliyati yoki intellektual salohiyati bilan moddiy-moliyaviy jihatdan ancha narsaga erishganlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Er va xotinning nikohgacha o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bitimlar asosida olgan mol-mulki faqat o‘zining mulki hisoblanadi. Shu ma’noda er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki esa ularning nikoh davomida orttirgan, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar umumiy mablag‘lari hisobiga olingan buyum yoki boshqa narsalari bo‘lishi mumkin.

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar yoki nikoh davrida tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilgan shartnoma u davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va albatta notarial idora orqali tasdiqlanishi shart.

Nikoh shartnomasini ishonchnoma orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nikoh shartnomasini tuzishda tomonlarning pasportlariga ko‘ra shaxslari aniqlanadi. Nikoh tuzishdan oldin nikox shartnomasini tuzishga kelganlar bilan notarius tomonidan suhbat o‘tkazilgach yoki er-xotinning nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalariga asosan, bu shartnoma notarial tasdiqlanish uchun qabul qilinadi. Notarius shartnomaning mazmuni amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagandagina tasdiqlashga haqli.

Nikoh shartnomasi er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni sud jarayonida to‘g‘ri va adolatli hal qilinishida yordam beradi, ya’ni, er-xotin nikohdan ajralgan taqdirda ularning har biriga tegishli mulkni hajmi va miqdorini aniqlab olish imkoni ortadi.

Muhimi, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq nikoh shartnomasini tuzish ixtiyoriydir. Ya’ni bunday shakldagi shartnomani tuzish yoki tuzmaslik er va xotinning o‘ziga bog‘liq.

Nikoh shartnomasining yana bir afzalligi shundaki, u o‘zida nafaqat er-xotinning mol-mulkini vujudga keltirish yoki uning huquqiy tartibini o‘zgartirish, shu bilan birga, er-xotinning bir-biriga moddiy ta’minot berishini tartibga solishini ham aks ettiradi. Shu bois, nikoh shartnomasini faqat mulkiy nizolarni hal qilishga yordam beruvchigina emas, balki nikohni mustahkamlovchi omil deb qarash ham mumkin.

Darhaqiqat, insonni hayoti davomida har tomonlama to‘kis, osoyishta, hotirjam va baxtli yashashi uchun, huquqiy tartib- qoidalarga og‘ishmay amal qilishsa, qurilgan oilaning poydevori mustahkam, kelajak kelajagi porloq bo‘lishi, shubhasiz.

Bu o‘rinda oilani mustahkamlash va er-xotinning mulkiy munosabatlarini qonuniy tartibga solishda muhim hujjat bo‘lgan nikoh shartnomasiga ham to‘xtalib o‘tsak.

Mazkur huquqiy hujjat biz uchun yangilik bo‘lib, 1998 yilda qabul qilingan yangi Oila kodeksi bilan amaliyotga joriy etildi. Nikoh shartnomasi nikohdan o‘tuvchilar va nikohdagi er-xotin o‘rtasida tuziladi. Shartnoma nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan bo‘lsa, Oila kodeksining 30-moddasiga asosan nikoh FHDYo organlarida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Nikoh shartnomasini tuzish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, uning asosiy mazmunini er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishdagi muayyan huquq va majburiyatlarini belgilab qo‘yish tashkil etadi. Bunda nafaqat er-xotin o‘rtasida mavjud bo‘lgan mulkiy huquqlar, ayni paytda ularning birgalikda yashash davrida orttiradigan mol-mulk hisobiga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.

Tomonlar oila daromadlari va xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha huquq va majburiyatlarini nikoh shartnomasida belgilab qo‘yishlari mumkin. Bu qoida doimiy ish haqiga ham, kundalik xarajatlarga ham, aytaylik, birgalikdagi mol-mulk tarkibiga kiruvchi narsalarni saqlash va ta’mirlash, bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarga ham tegishli. Shuningdek, er-xotin zarurat tug‘ilganda bir-birlarini pul bilan ta’minlab turish shartlarini oldindan kelishib olishlari ham mumkin. Bunday shartlar Oila kodeksining 17-bobi talablariga mos bo‘lishi kerak. Xuddi shuningdek, tomonlardan birining boshqasiga moddiy ta’minot uchun aliment to‘lash tartibi va miqdori aliment to‘lash to‘g‘risidagi maxsus kelishuv bilan belgilanishi mumkin.

Yana bir muhim jihat – tomonlar sud tomonidan nikohdan ajratilganda ulardan har biriga topshiriladigan mol-mulkdagi ulushni o‘zaro kelishuvda belgilash huquqiga ega. Buning afzalligi shundaki, nikoh davrida er-xotindan biri uy-ro‘zg‘or yumushlari va bolalarga qarash bilan mashg‘ul bo‘lib, daromad orttira olmaydi. Bunday holatda taraflar nikohidan ajratilgandan keyin ushbu taraf tegishli moddiy ta’minotsiz qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin.

Kodeksning 32-moddasiga muvofiq nikoh buzilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh buzilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.

Nikoh shartnomasi istalgan vaqtda o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi va bekor qilinishi mumkin. Lekin er-xotinning o‘rtasidagi uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda bo‘lishi va notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Nikoh shartnomasidan bir tomonlama voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, nikoh shartnomasi tuzishdan maqsad, faqat mulkni taqsimlash emas. Aksincha nikoh shartnomasi nikohni mustahkamlovchi omillardan biridir. U o‘zaro ahillikni ta’minlashga, oilaning umumiy mulkini avaylab-asrashga xizmat qiladi, isrofgarchiliklarning oldini oladi, tomonlarning oila oldidagi mas’uliyatini oshiradi.

Er yoki xotin o‘zini oila oldida mas’ul deb hisoblar ekan, shubhasiz bu dargohda tinch va farovon muhit hukmronlik qilishiga harakat qiladi. Baxtli turmush kechirish choralarini ko‘radi. Oilalarning baxti – bu jamiyatning baxti, kelajak avlodlarning baxtidir. Biz barchamiz ushbu baxt uchun mas’ulligimizni unutmasligimiz lozim.

Oybek Xasanov,

Farg‘ona viloyat sudi raisi o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eronga qarshi urushda AQShning yaralangan harbiy xizmatchilari soni ortib bormoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal Пентагонга таяниб хабар берди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.