Nihoyat, Makkadan topilgan kitob...

Nihoyat, Makkadan topilgan kitob...

Shayx Abu G‘uddaning birgina kitobni uzoq izlab, nihoyat, Makkai mukarrammada Toshkentlik shayxdan topganlari xususida ajib hikoya:

Shayx rahmatullohi alayh «Sahifalar» kitobida o‘zlarining hayotlaridan bir lavhani quyidagicha zikr etadilar: «Ba’zan biron kitobga yetishadigan bo‘lsam, Alloh taolo uchun falon-falon rakat namoz o‘qiyman deb nazr qilar edim. Bir kitobni qo‘lga kiritaman deb, qiziq voqeani boshimdan kechirganman. Uni shu o‘rinda keltirishni maqsadga muvofiq deb bildim:

«Qohiradagi al-Azhar universitetining shariat fakultetida o‘qib yurgan paytlarimda doimo shayximiz, alloma imom Muhammad Zohid Kavsariy rahimahullohning huzurlarida bo‘lardim. U zot alloma Shayx Aliy Qorining «Fathu bobil inoya bisharhi kitobin niqoya» kitobini olishni tavsiya qildilar. Foydali, nodir, durdona kitoblarni qo‘lga kiritishga ishqiboz ekanligimni bilganliklari sabab, o‘sha kitobni topishga bir necha bor jiddiy tarzda qiziqtirgan edilar.

U kitob Hindistonda chop etilgan bo‘lsa kerak, deb yurardim. Qohirada olti yil yashagan bo‘lsam, to o‘qishni tugatgunimcha o‘sha kitobni izlab yurdim.

Topilishi mumkin deb faraz qilgan barcha kutubxonalarimdan so‘rab-surishtirdim, lekin u haqida biror ma’lumotga ega bo‘la olmadim. O‘z yurtimga qaytganimda ham Halabning qaysi shahrini ziyorat qilmay yoki qaysi kutubxonasiga kirmay, o‘sha kitobni izlashda davom etardim.

Men kitob Hindistonda chop etilgan deb o‘ylaganim va u hanafiy fiqhi borasida yozilgani bois, shoyad maqsadimga erishsam deb, kitobfurushlardan Hindistonda chop etilgan hanafiy mazhabiga oid barcha fiqhiy kitoblar haqida surishtirar edim. Lekin ular bu kitobning hatto nomini ham bilishmas edi. Damashqdagi qadimgi durdona kitoblardan xabardor bo‘lgan eski kitobfurushlar bor edi. Ularda juda ko‘plab qadimgi va qimmatbaho kitoblar bo‘lsa-da, ularni sotish masalasida juda ham qattiq turishar va anchagina qimmat narx belgilashardi.

Ular Sayyid Izzat Qusaybotiy va uning otasi, shuningdek, Shayx Hamdiy Safarjaloniy va Sayyid Ahmad Ubaydlar edi. Bir kuni Sayyid Izzat Qusaybotiydan Hindistonda chop etilgan «Fathul bobil inoya...» kitobi haqida so‘rasam, ul zot kitob unda borligini aytdi va Imom Ayniyning 1293 hijriy yilda Hindistonda chop etilgan juda katta – olti mujalladdan iborat «Al- Binoya bi sharhi Hidoya» kitobini olib chiqdi. Ushbu kitob ham men izlab yurgan qimmatbaho, nodir kitoblardan edi, ammo men u zotdan so‘ragan kitob emasdi.

Shuning uchun bu kitobni uncha qimmat bo‘lmagan narxda sotib oldim. Keyin men Shayx Hamdiy Safarjaloniy rahimahullohdan qidirib yurgan kitobim haqida so‘radim. Bilsam, kitob Rossiyada, Qozonda chop etilgan ekan. Aytishlaricha, kitob qizil gugurtdan ham nodirroq ekan. U kishi umri davomida qancha-qancha kitoblar bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, o‘sha kitobdan faqat bir nusxasi qo‘liga tushgani va uni alloma Imom Kavsariyga aql bovar qilmaydigan darajada qimmat narxga sotib yuborganini aytdi.

Kitob chop etilgan joyni aniq bilib olgan bo‘lsamda, unga yetishishga bo‘lgan umidim susaydi. Alloh taolo meni 1376/1957 yilda birinchi marotaba Baytullohni haj qilishga muvaffaq qilganida Makkai mukarramaga kirib, kitob bosilgan o‘lkalardan Allohning muborak shahriga ko‘chib kelgan kishilardan birontasi o‘zi bilan o‘sha kitobni olib kelgandir, degan umidda Makkadagi kutubxonalardan kitobni surishtira boshladim, lekin topa olmadim. Alloh taoloning inoyati bilan Makkai mukarramadagi bozorlardan birida odamlardan chekkaroqdagi bir eski kitobfurushning oldiga borib qoldim.

U zot shayx Mustafo ibn Muhammad Shinqitiy hafizahulloh ekan. U zotdan bir necha kitoblar sotib oldim. So‘ng noumid bo‘lgan holda haligi kitob haqida so‘rasam, bir haftacha oldin menda bor edi, deb qoldi. Kitobni buxorolik olimlardan birining merosidan sotib olgan ekan. Bir necha kun oldin uni asli buxorolik Toshkent ulamolaridan biriga qimmat narxga sotib yuborgan ekan. Ishonqiramay turgan edim u o‘sha kitobni menga sifatlay boshladi. Haqiqatdan ham o‘sha men anchadan beri izlab yurgan kitob edi. Shundan keyin kitobni sotib olgan toshkentlik olim kimligini so‘radim.

U zot o‘ylab turib shayx Inoyatulloh Toshkandiyning nomini aytdi. Undan o‘sha shayxning yashaydigan, ishlaydigan manzilini, uni qanday topish mumkinligini so‘radim. U bu haqda bilmasligini aytdi. Yana u kishi haqida kimdan so‘rab-surishtirishim mumkinligi haqida so‘ragan edim, buni ham bilmasligini aytdi. Shundan so‘ng o‘sha kitobni qo‘lga kiritish yoki uni sotib olgan kishi bilan uchrashishdan yanada umidim uzildi. Shunday bo‘lsa-da, Masjidul Haram yoki Makka bozorlarida uchratgan barcha buxorolik kishilardan shayx Inoyatulloh haqida surishtirib yuraverdim. Buxoroliklar bor deb aytilgan hech qaysi madrasa yoki karvonsaroy qolmadi, hammasidan o‘sha shayxni surishtirib chiqdim. Hatto Makka tashqarisidagi mahallalargacha bordim. Chunki ayrimlar u yerda ham buxoroliklar bor deyishgandi.

Lekin izlayotgan odamim bilan uchrashish qayoqda deysiz? Axir Makkai mukarramada Inoyatulloh ismli qanchadan-qancha buxoroliklar bordir. To‘xtovsiz so‘rab-surishtirishlar meni shayx Abdulqodir Toshkandiy Buxoriy Saotiyning huzuriga olib bordi. U zot Makka atrofidagi Jarval mahallasida istiqomat qilar ekan. U zotdan shayx Toshkandiy haqida so‘ragan edim, shayxni tanidi va menga uning asl ismini aytdi. Ismi shayx Mir Inoyat Toshkandiy ekan. Lekin u ham shayxning manzilini u bilan uchrashish mumkin bo‘lgan joylarni bilmas ekan.

Yana «Fathul bobil inoya...» kitobini olgan o‘sha shayx bilan uchrashishdan noumid bo‘lib qoldim. Oradan bir oz vaqt o‘tdi. Bir kuni Ka’bai muazzamani tavof qilib Alloh taolodan meni o‘sha insonga yo‘liqtirishini va o‘sha kitobni qo‘lga kiritishga muyassar etishini so‘radim. Ushbu duo va nolani bi necha bor takrorlayverdim. Oradan bir haftacha vaqt o‘tdi. Bu muddat ichida kitob va uning egasini qidiraverib, fikru hayolim parishon bo‘lib qolgan edi. Bu Allohga ayon.

Bir kuni (masjid kengayishidan oldin) Masjidul Haram eshiklaridan biri- «Bobu ziyoda» ning oldidagi bozorda aylanib yursam, Abu Arab degan eski damashqlik tijoratchi meni ko‘rib, ko‘rinishim va kiyimlarimdan shomlikka o‘xshatib oldiga chaqirdi. Shom o‘lkasi va Shom aholisi haqida so‘radi. Kitobga bo‘lgan ishtiyoqim kuchliligidan u kishidan birinchi bo‘lib haligi buxorolik shayx haqida so‘radim. U oldidagi do‘konda o‘sha shayxning kuyovi savdo qilishini, shayxni hammadan ko‘ra u yaxshi bo‘lishini aytdi. Bu gaplarni eshitib, shu qadar xursand bo‘ldimki, quloqlarimga ishonmay qoldim.

Darhol kuyovining oldiga borib, shayx haqida so‘radim. Savdogar hayron bo‘lib, «Nima uchun u kishi haqida so‘rab-surishtirib, u zot bilan uchrashishga harakat qilyapsiz?» – deb so‘radi. Men: «Bir haftadan beri Makka bo‘ylab u kishini tinmay izlayman, Xudo xayringizni bersin, uning qayerdaligini menga ayting», - dedim. U shayx Misfala mahallasida Saqif qahvaxonasida aytib, manzilini aniq tushuntirib berdi.

Shundan so‘ng men tunu kun u yerga qatnab, oxiri u kishi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldim. U zot kitobni menga o‘zlari istagan narxda arzonga sotdilar. O‘sha kun umrimda eng xursand bo‘lgan onlarimdan biri edi. Darhaqiqat, Alloh taolo menga o‘sha kitobni birinchi juzini tahqiq qilib, nashr qilishni nasib etdi. Alloh taolodan o‘z fazli va karami ila kitobning qolgan qismlarini ham nashr qilishga muvaffaq bo‘lishini so‘rab qolaman!».


Shayx Abdulfattoh Abu G‘udda rahmatullohi alayhning «Sahifalar» kitobidan. 
Faxriddin Muhammadnosir, «G‘afur G‘ulom» nashriyoti- matbaasi.

(Alloma 1917-yilda Halabda tavallud topib, 1997- yilda vafot etgan, Madinai munavvaradagi Baqi’ qabristoniga dafn etilganlar).

Bobur Ahmad tayyorladi

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

"Real"dan ketishi aniq bo‘lgan 3 nafar futbolchi kimligi ma’lum

Бу ҳақда AS нашри хабар берди.

"Real" yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladi!

Мадриднинг "Реал" клуби мавсум якунида Карло Анчелоттини ишдан бўшатиш бўйича якуний қарорга келди.

AQSH-Xitoy urushi boshlanadi: Mutaxassislar dahshatli bashorat bilan chiqdi

Хитойни бўйсундириш уриниши Америка учун ҳалокатли оқибатларга олиб келадими?

Vinisius va Mbappe «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida nimalar deyishgani ma’lum bo‘ldi

«Арсенал»га қарши Чемпионлар Лигаси 1/4 финалидаги йирик мағлубиятдан (0:3) сўнг «Реал» кийиниш хонасида қандай гаплар янграгани маълум бўлди.

Rossiyada Xitoy avtosalonlari tezlik bilan yopilmoqda

пилишлар сони бўйича илк ўнталикка биринчи марта Geely, Jaecoo, Jetour ва LiAuto ҳам кирди.

Tayvanlik ovchi qariyb 90 ming dollarlik baliq tutdi

Тайванлик балиқчининг қармоғига улкан тунец илинди, деб хабар берди Need To Know.

Xitoyda 50 kg.dan yengilroq odamlarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Nega?

Қайд этилишича, Шимолий Хитойда тезлиги 150 км/соатга етадиган бўрон кузатилмоқда.

Jangarilar qurollarini topshirdi

Сурия хавфсизлик кучларининг махсус бўлинмалари Дамашқдаги ўтиш даври ҳукуматига бўйсунмаган гуруҳларнинг таянчи ҳисобланган жанубий Дераа вилоятининг тўртта тумани устидан назоратни ўрнатди.

Darvozabon bilan to‘qnashib ketgan futbolchi vafot etdi

21 ёшли футболчи Перу Кубоги ўйинида дарвозабон билан тўқнашганидан сўнг вафот этди.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasallik tarqatuvchi “uyg‘ondi”

Санепидқўмита ўта хавфли юқумли касаллик тарқатувчи “уйғонганини” айтиб, огоҳликка чақирди.

Rossiya Ukrainaga zaharli "Shahed"larni uchirishni boshladi

Украина оммавий ахборот воситалари хабар қилишича, Россия ҳарбий кучлари Украинага ҳужум қилиш учун заҳарловчи моддалар билан жиҳозланган "Shahed" туридаги зарба берувчи учувчисиз учиш аппаратларидан фойдаланишни бошлаган.

Shimoliy koreyaliklar Ukrainada taktikani o‘zgartirmoqda

КХДР қўшинлари Россиянинг Харков ва Суми вилоятларига ҳужумида иштирок этиши мумкин.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

Britaniya yangi radio to‘lqinli qurolni sinovdan o‘tkazdi

Қурол юқори частотали радио тўлқинлар орқали дронларнинг ичидаги муҳим электрон қисмларни ишдан чиқаради ёки шикастлайди, бу эса уларнинг қулашига ёки носоз ишлашига олиб келади.

Buxoroda 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

Уни қутқаришга уринган мактаб қоровули вазифасида ишловчи Ф.Ж. ҳам мазкур қудуққа тушиб кетиши сабаб аҳволи оғирлашиб, туман тиббиёт бирлашмасига ётқизилган.

45 kg. kir yuvish kukuni niqobi ostidagi kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolindi

Моддий манфаатдорлик эвазига ушбу шахслар 9 кг оғирликдаги 3 дона “Ariel” кир ювиш кукунини чегара божхона постидан олиб ўтаётган вақтида тўхтатилиб, мазкур товарлар божхона кўригидан ўтказилди.

Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan mashina YTH oqibatida yonib ketdi

Оқибатда машинадаги бир киши ҳалок бўлди

Finlyandiya prezidenti Rossiyaga murojaat qildi

Москва худди Киев каби тўлиқ сулҳни қабул қилиши керак , деди Финляндия президенти Александр Стубб . Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ёзган.

Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilish taqiqini bir yilga uzaytirdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Россия байроғи остида сузувчи ёки бошқа йўл билан Россия Федерацияси билан боғлиқ бўлган кемаларни АҚШ портларига қабул қилиш тақиқини яна бир йилга узайтирди.

Namanganda maktab o‘quvchilari “vinetka“ uchun kortej uyushtirdi

Ижтимоий тармоқларда мактаб ўқувчилари “винетка“ учун кортеж хизматидан фойдалангани акс этган хабарлар тарқалди. Ҳолат юзасидан вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси муносабат билдирди.

AQSh Xitoyga bojlarni 245 foizga oshirish bilan tahdid qildi

Вашингтон хитойлик экспортчилар учун божларни 245 фоизга ошириши мумкин, дея хабар беради Оқ уй веб-сайти.

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Тиме журнали 2025 йилда дунёнинг энг нуфузли 100 кишиси рўйхатини эълон қилди.

Eron yadro quroliga ega bo‘lishga yaqin qolmoqda

МАГАТЕ бош директори Рафаэл Гросси 16 апрель куни Теҳронга ташрифи арафасида Франциянинг Le Monde газетасига берган интервьюсида Эроннинг ядро қуролига эга бўлишдан узоқ эмаслигини маълум қилди.

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi

Ўз ҳаёти хавф остида қолганини англаган С.С. ёрдам сўраб диаспорамиз вакилларига мурожаат қилган.

AQShda ayoldan cho‘chqaning buyragi olib tashlandi

Бунгача АҚШда фақат 4 нафар бемор генетик ўзгартирилган чўчқанинг аъзоси (иккита юрак ва иккита буйрак) билан тажриба тариқасида яшаган.

Polsha Ukrainada pul ishlashni istaydi – Tusk

"Биз ва бутун дунё Украинани тиклашда ёрдам берамиз. Лекин биз энди шунчаки соддалик билан ёрдам бермаймиз. Бошқалар Украинани тиклашда пул ишлаётган вақтда Польша шунчаки ҳамжиҳатлик учун ёрдам бермайди.

Newsweek AQSh Grenlandiyani sotib olish uchun dastlab qancha pul taklif qilishi mumkinligini hisoblab chiqdi

АҚШнинг Гренландияни сотиб олиш бўйича дастлабки таклифи 2,2 миллиард доллар атрофида бўлиши мумкин, деб ёзади Newsweek журнали ўз ҳисоб-китобларига таяниб.

Putin Trampning ustidan kulmoqda

Россия Украина шаҳарларини бомбардимон қилишни бас қилмаётган экан, унга қарши санкцияларни янада кучайтириш керак. Душанба куни Люксембургда учрашган Европа Иттифоқи ташқи ишлар вазирлари ана шундай хулосага келишди.

Shofirkon bozorida talonchilar qo‘lga tushdi

Бухоро вилояти, Шофиркон деҳқон бозори ҳудудидаги телефон савдо дўконида ўғрилик жиноятини содир этганлар қўлга олинди.

Poroshenko Zelenskiyni "hokimiyatni o‘zboshimchalik bilan egallashda" aybladi

Украинанинг собиқ президенти Петр Порошенко амалдаги Украина президенти Владимир Зеленскийни "ҳокимиятни ўзбошимчалик билан эгаллаш"да ва ҳарбий ҳолатдан давлатда "авторитар тузумни мустаҳкамлаш" учун фойдаланишда айблади.

Laboratoriya G‘azodagi amputasiyaga uchragan bolalarga yordam berish uchun qayta ishlangan materiallardan sun’iy oyoq-qo‘llar yasayapti

БМТ маълумотларига кўра, Ғазода ҳозирда замонавий тарихдаги энг кўп ампутацияга учраган болалар гуруҳи истиқомат қилмоқда.

Namanganda 16 yoshli qiz mashina haydab, onasi va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Ҳайдовчининг ўрнига қизи, олд ўриндиққа ўзи ўтирган. Орқа ўриндиқда эса қизнинг онаси ва 10 ёшли синглиси бўлган.

Rasmiy munosabat "Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgan..."

2025 йил 13 апрель куни Туркия ОАВ ва ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон фуқароси ўз турмуш ўртоғини иқтисодий муаммолар сабабли ўлдиргани ҳақида хабарлар тарқалди.

Ҳиндистон ва Непалда 100 га яқин киши кучли ёмғир оқибатида ҳалок бўлди

Маҳаллий аҳолига ноқулай об-ҳаво шароитлари давом этиши ҳақида огоҳлантириш берилди.

Ҳиндистонда петарда фабрикасидаги портлашда 8 киши ҳалок бўлди

Жароҳатланганлар яқин атрофдаги шифохонага етказилган.

Россия Украина ҳарбий хизматчилари тўпланган жойга зарба берди

Зарба натижасида 60 дан ортиқ Украина ҳарбий хизматчилари ҳалок бўлган.

Ерга йирик астероид яқинлашмоқда

2011 VG9 астероиди 16 апрель, чоршанба куни Ер ёнидан учиб ўтади, деб хабар беради NASAнинг реактив ҳаракат лабораторияси (JPL).

Олимлар илк бор инсон тишини етиштиришга муваффақ бўлишди

Бу ҳақда хабар берди The Telegraph тадқиқотга таянилган ҳолда.

Бугун Ерга кучли магнит бўрони ёпирилади

Магнит бўронининг авж палласи соат 18:00 дан 20:00 гача тўғри келиши кутилмоқда.

АҚШнинг Ямандаги зарбалари натижасида ўнлаб ҳусийлар ўлдирилди

Бу ҳақда Al Hadath телеканали манбаларга таяниб хабар берди .

Доминикан Республикасида клуб томи қулаши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 231 кишига етди

Бу ҳақда Доминикан Республикаси ички ишлар вазири Фариде Рафул матбуот анжумани чоғида маълум қилди, унинг ёзуви Диарио Либре нашри блогида Х ижтимоий тармоғида эълон қилинди.

Исроил Хамасга вақтинчалик ўт очишни тўхтатишни таклиф қилмоқда

Бу ҳақда Мисрнинг “Ал-Қоҳира ал-Ихбария” телеканали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Канада Европани қайта қуроллантириш жараёнида иштирок этиш ниятида

Бу ҳақда Канада бош вазири Марк Карни Квебек провинциясига ташрифи чоғида журналистларга маълум қилди, унинг чиқиши миллий телеканаллар орқали намойиш этилди .

Трамп: Миллионлаб одамлар уч киши туфайли ҳалок бўлди: биринчиси Путин, иккинчиси...

"Мен Путинга ўт очишни тўхтатиши учун муддат белгилаб бердим".

АҚШнинг Ямандаги зарбалари бир ойдан камроқ вақтда 123 кишининг ҳаётига зомин бўлди

Ҳусийлар назоратидаги Соғлиқни сақлаш вазирлиги араб ва ислом халқларини, шунингдек, инсон ҳуқуқлари ташкилотларини мазкур ҳужумларга қарши норозилик билдириш ва эътироз билдиришга чақирди.

Евро рақсга тушди, доллар эса иккиланяпти — Инвесторлар энди кимга ишонмоқда?

Доллар учун хавф пайдо бўлди — Евро тарихий даражага чиқди!

Путин парадига жавоб: Зеленский 9 май куни Европа Иттифоқи раҳбарларини Киевга таклиф этмоқда

Украина президенти Владимир Зеленский Европа Иттифоқи давлатлари раҳбарларини 9 май куни - Москвада анъанавий равишда ҳарбий парад ўтказиладиган кунда Киевга ташриф буюришга чорлади.

Наманганда келинойиси ва унинг икки нафар вояга етмаган фарзандини ваҳшийларча ўлдирган эркак умрбодга қамалди

Суд ҳукмига кўра, судланувчи М.А. ЖКнинг 97-моддаси 2-қисмининг “а,в,ж” бандларида назарда тутилган жиноятни содир этганликда айбли деб топилди ва унга нисбатан фавқулодда жазо чораси - умрбод озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Хитойда кучли тўфон туфайли "тўқ сариқ" огоҳлантириш эълон қилди​​​​​​​

Довул оқибатида дарахтлар қулаган, автомобиллар ва эски уйларга зарар етган. Мамлакат шимолида темир йўл алоқаси қисман узилган.

Арнасой ва Зарбдорда аёлларга келинлик сарполари олиб берилди

Келинлик сарполари янги ҳаёт бошлаш учун муҳим бўлганлиги сабабли, аёллар ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун судга мурожаат қилишга мажбур бўлишган.

Пенсилванияда губернатор қароргоҳига ўт қўйилди

Ҳодиса содир бўлаётган вақтда губернатор уйда ўз оиласи билан бирга бўлган.

Мўғулистонда қизамиқ эпидемияси кучаймоқда

13 апрель куни Мўғулистоннинг Юқумли касалликлар миллий тадқиқот маркази мамлакатда тасдиқланган ҳолатларнинг умумий сони 506 нафарга етганини маълум қилди.

Тожикистонда учинчи зилзила юз берди

Бир кун аввал, 13 апрелда Тожикистонда икки марта зилзила қайд этилган эди.