Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbning aytishicha, Ukraina to‘liq va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbati haqida xabar berib yozdi.
"Biz vaziyatni, jumladan, yaqin kunlarni ham muhokama qildik. Ukraina to‘liq va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Rossiya ham shunday qilishi kerak", deb yozadi Stubb.
Bundan tashqari, Finlyandiya rahbari Zelenskiyni o‘zining yaxshi do‘sti deb atadi va Finlyandiya va Ukraina adolatli va barqaror tinchlikka erishish yo‘lida harakat qilishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Germaniyaning Bild gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish va 50 milliard dollarlik kelishuvdan bosh tortgani haqida xabar bergan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.
Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.
Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.
Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.