​​​​​​​Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi

A A A
​​​​​​​Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi

16 aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Andijonda yangi O‘zbekiston shukuhi har bir tuman, har bir mahallaga kirib borayotgani qayd etildi. O‘tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan. 450 ming aholi ishli bo‘lgan.

Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar joylar qad ko‘tardi. Buning hisobiga, o‘tgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.

Lekin hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Andijonda iqtisodiy salohiyat, yangi loyihalar va tashabbuslar ko‘p.

Yig‘ilishda kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investisiya va eksportni ko‘paytirish, qurilish, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Avvalo, 2025 yilda Andijon viloyatida kamida 6 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, yalpi hududiy mahsulotni 105 trillion so‘mdan oshirish, 305 ming aholini band qilib, 150 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish imkoniyati ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Andijonda dastgohsozlik sanoati yaxshi shakllangan. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Agar ularni o‘zimizda tayyorlash o‘zlashtirilsa, iqtisodiyotga qo‘shimcha tushum, odamlarga ish o‘rni bo‘ladi. Bunday tashabbuskorlarni qo‘llab, sertifikat va zarur buyumlar olishiga ko‘maklashish kerak.

Shuningdek, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi. Sanoat tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan import uskunalarning texnik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, mahalliy korxonalarga muqobillari taklif qilinadi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Viloyatdagi 13 ming gektar adirga suv chiqarib, bemalol ekin ekish mumkin. Lekin u yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektrni narxi dehqonlarga og‘irlik qiladi. Shu bois quyosh paneli o‘rnatish uchun moliyaviy instrumentlar qo‘llanadi. Qo‘rg‘ontepada 300 gektar adirlikda sanoat usulida intensiv bog‘ va uzumzor barpo etilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi.

Boshqa hududlardagi samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga lizingga beriladi. Mahallalarga arzon urug‘ va mineral o‘g‘it yetkaziladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Baliqchi va Oltinko‘lda 5 gektardan issiqxona tashkil etib, 100 ta ehtiyojmand oilani daromadli qilgan. Endi bu Ulug‘nor, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yo‘lga qo‘yiladi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.

Viloyatdagi sun’iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti, xolos. Osiyo taraqqiyot bankidan 15 million dollar jalb etib, 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperasiya qilish loyihasi ishlab chiqilgan. Mutasaddilarga bu loyihani nazoratga olish, umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Andijonda turizm salohiyati ham yuqori. Xonoboddagi Kampirovot, Buloqboshidagi Shirmonbuloq, Xo‘jaoboddagi Tosh ota mahallalarida turizm maskanlari tashkil qilib, sayyohlarni ko‘paytirish imkoniyati bor. Bu yil sohada 125 million dollarlik 25 ta loyihani yakunlash, 3,5 million xorijiy va mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 200 million dolardan oshirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda investisiya va eksport masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yil xorijiy investisiyalar hajmi 3,1 milliard dollarga yetkazilishi, 1 milliard dollarlik 23 ta yirik, 321 ta kichik va o‘rta loyiha ishga tushirilishi qayd etildi. Eksportni 1,5 milliard dollarga, mahalliylashtirish hajmini 10 trillion so‘mga olib chiqish imkoniyati bor.

Har yili Andijondan Qirg‘izistonga 200 million dollarlik eksport bo‘layapti. Chegaradan 5 ming dollarlikkacha bo‘lgan mahsulotni qo‘lda olib o‘tishga ruxsat berilgani natijasida yana millionlab dollarlik tovar sotilayapti. O‘zaro savdoni kengaytirish uchun Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobodda erkin savdo va sanoat zonalari tashkil qilish taklifi bildirildi.

Viloyatdagi 360 ta bo‘sh va samarasiz ko‘chmas mulkni qulay shartlarda auksionga chiqarib, tadbirkorlik loyihalariga zamin yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Suv oqimi yuqori bo‘lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati bor. Bunda qatnashadigan tadbirkorlarga 3 yil imtiyozli davr bilan, 7 yilga 12 foiz stavkada kredit beriladi.

Qurilish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ham vazifalar ko‘p. Xususan, bu yil 9 ming 700 xonadonli 245 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Bu sohada 10 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi. Ming kilometrdan ziyod yo‘l va ko‘priklar ta’mirlanadi.

Xonobod – Andijon magistral suv quvurining quvvati yetishmasligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar bor. Shu bois Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida ushbu quvurning 2-tarmog‘ini qurish zarurligi ta’kidlandi.

Qo‘shni davlatlar bilan bog‘lovchi yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish, Andijon shahri bilan tumanlar o‘rtasida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy yo‘nalishlar aholi turmushida bevosita aks etadi. Andijonda bu yil yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ulushi 40 foizga yetkaziladi. 15 ming nafar texnikum bitiruvchisining bandligi ta’minlanadi. 6 ming talaba dual ta’lim bilan qamrab olinadi. Oliy ta’limning muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, agrar yo‘nalishidagi 4 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkaziladi.

Shu maqsadda, jumladan, tibbiyot ta’limi va turizmini rivojlantirish, mahallalarda tunu kun xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot punktlarini ko‘paytirish choralari belgilandi.

Ma’lumki, salohiyati va ko‘nikmasini oshirgan maktab direktorlarini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Endi bu tizim texnikumlarda ham joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, har yili Bobur shahrida rassomlar festivali o‘tkaziladi. G‘oliblarga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil berilishi e’lon qilindi.

– Bugun Andijon rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik, barcha masalalarga to‘xtalib, viloyat uchun zarur mablag‘larni ham hal etdik, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Agar barchamiz bir bo‘lib, hamjihat bo‘lib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada ko‘payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o‘zi bo‘lmaydi, Andijon yanada obod bo‘ladi.

Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va boshqa mutasaddilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha axborot berdi. Viloyat hokimi, 16 ta shahar va tuman hokimi aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi sur’atni saqlab qolishi, dunyodagi iqtisodiy tebranishlar sharoitida favqulodda mas’uliyat olishi lozimligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

O‘zbekistonda sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан эҳтиёткорлик чораларини кўриш талаб этилади.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Хабарларга кўра, мигрантларнинг тиббий кўрикдан ўтишдан бош тортгани учун жарималар оширилди

Aleksandr Vuchich prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Вучич, шунингдек, бош вазир лавозимига номзодини кўрсатиш ҳақида ўйлаётганини, амалдаги ҳокимиятдан президентлик лавозимига муносиб ворис излаётганини тан олди.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Hindiston AQSh elchisini chaqirtirdi

Ҳиндистон Ташқи ишлар вазирлиги 24 нафар денгизчидан 21 нафари қутқарилганини, яна уч нафар ҳинд фуқароси бедарак йўқолганини маълум қилди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Болалар омбудманининг ИИВ га сўрови асосида болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида уларга ҳимоя ордери тақдим этилди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.