Netanyaxu: "XAMAS yetakchilarining o‘limi tinchlik o‘rnatish imkoniyatlarini oshirgan"

Netanyaxu: "XAMAS yetakchilarining o‘limi tinchlik o‘rnatish imkoniyatlarini oshirgan"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, Falastinning HAMAS harakatining yuqori martabali amaldorlari va qo‘mondonlarining o‘ldirilishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga to‘sqinlik qilmaydi, aksincha, kelishuvni erta yakunlash imkoniyatlarini oshiradi. U yana bir bor Isroilning asosiy vazifasi barcha garovga olinganlarni ozod qilish va XAMAS jangarilarini yo‘q qilish ekanligini ta’kidladi.

Time jurnalistlari Netanyaxudan Xamas Siyosiy byurosining sobiq rahbari Ismoil Haniya va Livan Hizbullohi qo‘mondoni Fuad Shukrning o‘limi garovga olinganlarning ozod etilishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini so‘radi. "Menimcha, imkoniyatlar oshdi, chunki kelishuvga qarshi chiqqan ba’zi ekstremistik elementlar endi bizda emas", - deb javob berdi u. Rasmiy ravishda, Isroil faqat Fuad Shukrning o‘ldirilishi uchun javobgarlikni tan oldi.

Benyamin Netanyaxuning qayd etishicha, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv XAMASning G‘azo sektori ustidan nazoratini to‘xtatmasdan turib mumkin emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil jamiyatining aksariyati agar jangarilar yo‘q qilinmasa, Isroilga hujum yana sodir bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. "Yana garovga olishlar bo‘ladi, 7 oktyabrda yana sodir bo‘ladi. Shuning uchun biz ikkala maqsadga erishishimiz, barcha garovga olinganlarning ozod qilinishiga erishishimiz va urushda g‘alaba qozonishimiz kerak. Va bu mumkinligiga ishonaman”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Hamasni yo‘q qilish garovga olinganlarni ozod qilishdan ustunroqmi degan savolga bosh vazir shunday dedi: “Menimcha, bular bir-birini to‘ldiruvchi maqsadlar. Ular bir-birini istisno qilmaydi. Harbiy bosimni qanchalik ko‘p qo‘llasak, ikkala maqsadga erishishga shunchalik yaqinlashamiz”.

Umuman olganda, 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujum paytida XAMAS jangarilari 253 nafar isroillikni o‘g‘irlab, G‘azo sektoriga olib ketdi. 1,3 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq odam garovda qolmoqda. Isroil rasmiylari ularning ba’zilari allaqachon o‘lgan deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!