Netanyaxu G‘azo bo‘yicha uch soatlik yig‘ilish o‘tkazdi

A A A
Netanyaxu G‘azo bo‘yicha uch soatlik yig‘ilish o‘tkazdi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xavfsizlik masalalari bo‘yicha yopiq yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuv uch soatga yaqin davom etdi.

Bu haqda bosh vazir devoni ma’lum qildi.

Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Eyal Zamir G‘azo sektorida keyingi harakatlar variantlarini taqdim etdi. Isroil mudofaa kuchlari harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan har qanday qarorni amalga oshirishga tayyor.

Avvalroq Ynet portali o‘z manbalariga tayanib, siyosiy rahbariyat G‘azo sektorini to‘liq bosib olish bo‘yicha qaror qabul qilishga yaqin qolgani haqida xabar bergan edi. Suhbatdoshlardan birining so‘zlariga ko‘ra, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va harbiy yechimdan qochib bo‘lmaydi. Ayni paytda harbiy rahbariyat, jumladan, Bosh shtab boshlig‘i ham bu qadamga qarshi chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат терма жамоасига бундан кейин ҳам чақириш керакми-йўқми, деган савол бўйича сўров ўтказди.