Nensi Pelosi o‘rniga yangi nomzodni saylandi

Nensi Pelosi o‘rniga yangi nomzodni saylandi

Nyu-York shtati vakili Hakim Jeffris AQSh Kongressi quyi palatasida demokratlar fraksiyasi rahbari qilib saylandi. Bu lavozimda u 82 yoshli Nensi Pelosi o‘rnini egalladi.

CNN xabariga ko‘ra, partiya ichidagi ovoz berish jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tgan.

Jeffris AQSh Kongressi palatalaridan birida partiya fraksiyasi rahbari lavozimiga saylangan birinchi qora tanli inson bo‘ldi.

U yanvar oyidan boshlab, oraliq saylovlarda AQSh qonun chiqaruvchi organi quyi palatasida ko‘pchilikni yo‘qotgan demokratlar rahbari sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Avvalroq, Pelosi AQSh parlamenti quyi palatasidagi Demokratik partiya fraksiyasi rahbari lavozimidan bosh tortgani, ammo bu lavozimda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytmagani ma’lum bo‘lgan edi.

Qayd etilishicha, Demokratik partiyaning turli vakillari Pelosining o‘rniga qora tanli siyosatchi saylanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Xususan, Vakillar palatasida ko‘pchilik demokratlar yetakchisi Sten Hoyer allaqachon Jeffris nomzodini ma’qullagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!