Nega asabiysiz? Nega g‘azablanasiz?

A A A
Nega asabiysiz? Nega g‘azablanasiz?

Alhamdulillah vassolatu vassalamu ala Rosulillah va ala olihi va sahbihi va man vaalaah. Ammo ba’d.

G‘azab – har bir insonda bo‘ladigan ruhiy holat bo‘lib, agar uni hayotni, obro‘ni, dinni, molni asrash uchun ishlatilsa tabiiy holat bo‘ladi va maqtaladi. Ammo g‘azab chegaradan oshsa va boshqalarga nisbatan dushmanlik qilishga aylanib ketsa, bu o‘rindagi g‘azab tabiiylikdan xatarli holat tarafiga o‘tib ketgan bo‘ladi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham g‘azablanar edilar. Ammo u zot alayhissalomning g‘azablari Alloh uchun bo‘lardi, o‘z nafslari uchun emas. U zot agar g‘azablansalar, yuzlarini teskariga o‘girib, burilib olardilar. Agar xursand bo‘lsalar, ko‘zlarini pastga qaratib olar edilar. U zot alayhissalom “Kurashda yenggan kuchli emas. Kuchli deb g‘azabi kelganda o‘z nafsiga egalik qila olgan kishiga aytiladi” deganlar. Muttafaqun alayh.

G‘azab chiqqan paytda yuz o‘girib, teskari qarash yaxshi uslubdir. Agar insonning g‘azabi kelsa, so‘zi qo‘pollashadi, ne’matni inkor etadi yoki yaxshilikni man qiladi yoxud zulmga o‘tadi. Ko‘plab gunohlarning urug‘i g‘azabga borib taqaladi. Shuning uchun ham halimlik xulqlarning sayyididir.

Shu o‘rinda bir qissani keltirsak:

“Juda asabiy, g‘azabi tez chiqadigan bir yigit bor edi. Tez-tez asabiylashib, es-hushini yo‘qotadigan bir ahvolga kelardi. Bir kuni otasi unga bir idish to‘la mix berdi va “O‘g‘ilcham, har gal g‘azabing qaynagan paytda mana shu mixdan bir dona olib, bog‘imizning yog‘och panjarasiga qoqib chiqasan” dedi. O‘g‘il otasi aytgandek qilib, har gal asabiylashgan chog‘da bir mixni olar va o‘sha yog‘och to‘siqqa qoqar edi. Birinchi kunning o‘zidayoq 37 dona mix qoqdi. Lekin mixni yog‘ochga kiritish oson emasdi. Mix qoqishga qiynalgani sayin g‘azabini ichiga yutishga urina boshladi.

Bir necha kun o‘tgandan keyin bir kunda bir necha dona mix qoqadigan bo‘ldi. Bir necha xaftadan so‘ng asabiylashgan paytda g‘azabini ichiga yutib, bir dona ham mix qoqmaydigan bo‘ldi. Otasining oldiga borib, “Otajon, Allohga hamd bo‘lsinki, g‘azabim chiqqan paytda asabimni jilovlashni o‘rgandim. Bittayam mix qoqmaydigan bo‘ldim” deb vaziyatni tushuntirdi. Buni eshitib ota xursand bo‘ldi va o‘g‘liga “Endi sen qoqqan mixlaringni birma-bir sug‘urib chiqasan” dedi.

O‘g‘il otasi aytgandek qildi. Mixlarni birma-bir sug‘urib chiqdi. Qarasa, o‘tgan qisqa muddat ichida 200 dona mix qoqqan ekan. O‘g‘il ishni tugatib, otasining oldiga bordi va bo‘lgan voqeani bayon qildi. Ota o‘g‘lini o‘sha yog‘och to‘siq oldiga olib bordi va undagi teshiklarga ishora qilib, “O‘g‘lim, g‘azabingni bosishni o‘rganib yaxshi ish qilding. Lekin mana bu teshiklarga qara. Endi bu yog‘och mix qoqilishidan avvalgidek holatiga qaytadimi?” dedi. Yigit esa g‘azabning oqibati qanday bo‘lishini tushunib yetdi”.

Siz g‘azablanib turganingizda gapirsangiz, boshqalarning yuragida ana shunday teshiklarni qoldirasiz. Keyinchalik g‘azabdan tushib, o‘sha odamlardan uzr so‘rarsiz. Ammo teshiklarni o‘z o‘rniga keltirish qiyin. 

G‘azabning turlari 

G‘azab bir necha turli bo‘ladi. G‘azabning ijobiysi ham, salbiysi ham bor. Masalan, bolalarga g‘azab qilish salbiydir. Xuddi shuningdek, nafsi uchun g‘azab qilish, biror moddiy foydani qo‘ldan chiqargani uchun, bir kasbga erisholmagani uchun, shahvatini qondirish imkonini qo‘ldan bergani uchun g‘azab qilish qoralangandir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday g‘azabdan qaytarganlar.

Ammo Alloh roziligi uchun, dinining himoyasi uchun, harom ish sodir bo‘lganda, birovning haqqiga tajovuz qilinganda, birovga zulm qilinganda g‘azab qilish ijobiydir, maqtalgandir, shartdir.

G‘azabning urug‘i ruhiy kechinmalarga borib taqaladi. Masalan, yaxshi ko‘rmaslik, taqdirlashning yo‘qligi, o‘sishning to‘xtaganligi va hokazo. Biror shaxsga nisbatan moddiy va ma’naviy tahdid bo‘lishidan qo‘rqish, xavotirlanish, shuningdek, ochlik, kasallik, ruhiy siqilish, g‘azabnok otaga taqlid qilish, bolani haddan tashqari ko‘p tergab yuborish, bolani qisish kabilar ham g‘azabga sabab bo‘ladi.

Psixologlar “G‘azab vaziyatning o‘zidan kelib chiqmaydi, balki vaziyatni noto‘g‘ri tushunishdan kelib chiqadi. Shuning uchun sizning g‘azablanishingizda kimdir emas, sizning noto‘g‘ri tushunchangiz, holatni xato baholashingiz sabab bo‘ladi. Ba’zida “Falonchi meni g‘azabimni keltirdi”, “Falonchi meni asabiylashtirdi” deysiz. Sizni g‘azablanishingizga falonchi emas, o‘zingiz, fikrlaringiz, ishlarni baholashingiz sabab bo‘ladi. Shuning uchun muolajani tashqaridan izlamang. O‘z nafsingizda yechim yashirinib yotibdi” deyishadi. 

G‘azabning bosqichlari 

Insonda g‘azab bir necha bosqichda bo‘ladi.

Oldin paydo bo‘ladi, keyin kuchayib boradi, ziyodalashadi, bu kuchayish til yoki qo‘l orqali namoyon bo‘ladi. Keyin zehnni chalkashtiradi. Oxirida kishi o‘zini malomat qiladi va g‘azabidan tushadi. 

G‘azabning muolajasi 

G‘azabni ichga yutuvchilarning ajrini ko‘z oldiga keltirish.

وَسَارِعُواْ إِلَى مَغْفِرَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَالَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ

“Robbingizdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannatga shoshiling. Ular yengillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi (Oli Imron surasi, 133-134-oyatlar).

G‘azabni ichga yutish jannat ahli bo‘lgan taqvodorlarning bitta sifatidir.

Sahl ibn Muoz ibn Anas otasidan, otasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Kim g‘azabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni barcha xalqlarning oldida chaqiradi va unga istagan hurni tanlash imkonini beradi”.Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

         Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Menga bir ishni buyuring va uni qisqa qiling, toki men tushunay” dedi. Shunda u zot alayhissalom “G‘azab qilma!” dedilar. Boyagi odam savolini bir necha takrorlagan edi, u zot alayhissalom “G‘azab qilma!” dedilar”. Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  “Orangizda kuchli, polvon kim?” deb so‘radilar. Biz “Odamlar yenga olmagan kishi” dedik. Shunda u zot alayhissalom “Undoq emas. Chinakam kuchli, polvon odam g‘azabi kelganda o‘zini ushlay olgan odamdir” dedilar. Abu Dovud rivoyati. 

G‘azabni qanday qilib boshqarish mumkin? 

Inson fikrlar, his-tuyg‘ular va sulukdan iboratdir. Agar fikrlariga egalik qilolsa, his-tuyg‘ulari va sulukiga ham egalik qila oladi. Ana o‘shanda u asabiylashishdan uzoq holda baxtiyor hayot kechiradi. 

Quyidagi beshta nasihat sizga g‘azabni ichga yutishingizda yordam beradi:

  1. Alloh taolodan shaytonning yomonligidan panoh so‘rang!

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

“Agar seni shayton vasvasasidan bir vasvasa tutsa, Allohdan panoh so‘ra. Albatta, U zot o‘ta eshitguvchi va o‘ta bilguvchi zotdir”. (Agar shayton vasvasaga solib, seni yomonliklarni yaxshilik bilan qaytarishdan aynitmoqchi bo‘lsa, Alloh taoloning O‘zidan panoh so‘ra. Unga sig‘in. U seni saqlaydi. “Albatta, U zot o‘ta eshituvchi va o‘ta biluvchi zotdir”. U har bir muhtojning iltimosini eshitadi. Da’vatchi buni yaxshi anglashi lozim.) (Fussilat surasi, 36-oyat).

Sulaymon ibn Surd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi “Ikki kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida so‘kishdilar. Biz o‘sha yerda edik. Bir payt ulardan biri sherigini g‘azabnok, yuzi qizargan holda haqorat qila boshladi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Men bir kalimani bilaman. Agar shuni aytsa, undan o‘zida topayotgan narsasi (g‘azabi) ketadi. Agar “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym” desa, (g‘azabi ketadi)” dedilar”. Muttafaqun alayh.

  1. Holatingizni o‘zgartiring!

O‘zingiz turgan holatdan boshqa holatga o‘ting. Agar turgan bo‘lsangiz, o‘tiring. Agar o‘tirgan bo‘lsangiz, yonboshlab oling. Agar harakat qilayotgan bo‘lsangiz, to‘xtang. Agar mashinangizni minib ketayotgan bo‘lsangiz, yo‘l chetiga to‘xtang...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirsin! Shunda g‘azabi ketsa, ketdi. Ketmasa, yonboshlab olsin!” dedilar. Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.

  1. G‘azabingizni suv bilan sovuting!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Albatta, g‘azab shaytondan. Shayton esa olovdan yaratilgan. Olov esa suv bilan o‘chadi. Bas, agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin!” Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.

  1. Gapirmaslikka urining!

G‘azablanib turganingizda gapirmang! Bu biroz mashq, o‘rganish, o‘zlashtirishni talab etadi. G‘azablanib turganingizda gapirmaslikka o‘zingizni o‘rgating! Chunki, ko‘pincha g‘azab paytida xato gapirib qo‘yasiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, sukut saqlasin!” deganlar. Imom Ahmad rivoyati.

  1. Uydan chiqib keting!

Agar g‘azabi chiqqan odam holatini o‘zgartirsa, turgan odam o‘tirsa ham, tahorat qilsa ham g‘azabi ketmasa, sukut qilish qo‘lidan kelmasa, afzali uydan chiqib ketishi kerak. G‘azabi chiqqan odam uyida turavermaslik kerak. Gap ko‘payib, g‘azab toshib, oxiri ish yoqimsiz holatgacha borib yetishi mumkin. Shuning uchun to g‘azabi bosilguncha tashqariga chiqib turish kerak. G‘azabi bosilib, o‘ziga kelsa, keyin yana uyiga qaytib kelaveradi. 

Xulosa 

Biz yuqorida aytgan g‘azab salbiy g‘azab edi. Ijobiy g‘azab nima ekanligini ham aytib o‘tdik. G‘azablanish kerak bo‘lgan o‘rinda g‘azablanish shart. Masalan, birov dinning, islom shiorlarining, ulamolarning ustidan kulayotgan, birovga zulm qilinayotgan, birovning haqqi poymol etilayotgan vaqtlarda g‘azablanish shart bo‘ladi. Ammo qaytarilgan o‘rinlarda g‘azablanishdan tiyilish kerak.

Hayot qisqa, salomatlik eng muhim narsalardan biri. Shunday ekan, g‘azablanmang!   

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.