Navoiylik aka ukasini qabih rejasiga sherik qildi

Navoiylik aka ukasini qabih rejasiga sherik qildi

Aka. U har qachon ham uka uchun to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, og‘ir yumushlarda birga yelkadosh bo‘lib, unga faqat yaxshiliklarni sog‘inib keluvchi yagona insondir. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi oramizda bunday fazilatga ega emas akalar ham bor. Mahmud Shirinov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘z ukasi Abror Shirinovni porloq kelajak tomon emas, qabih ishga chorladi. Ukasi bilan til biriktirib omadli o‘g‘irlikni amalga oshirdi.

Xatirchi tumani Paraxun mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Adiba Hamidovaning eri va o‘g‘li Koreyaga shartnoma asosida ishlashga ketgani, farzandlari o‘qish va oila qurgani tufayli yolg‘iz yashayotganini va xonadonida saqlanayotgan seyfda o‘g‘irlanishi mumkin bo‘lgan mo‘may pul va qimmatbaho buyum borligini sezgan sezgir aka ukasi bilan puxta reja tuzadi va 2018 yil 20 sentyab soat taxminan 13:00 larda vaqtincha holi qoldirilgan hovliga o‘g‘irlikka tushadi. Bu paytda A.Hamidova ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chaga chiqqan va ishlari bitmagach tezda uyga qaytadi. Xonadonga asosiy kirish eshigini ochishga qiynalgani uchun qo‘shnisi Ochil Ahmedovdan yordam so‘raydi va u ham ocholmagach xonadonning yon tarafi, mashina saqlanadigan garaj tomondan kirishadi. Bunda aka-uka o‘g‘rilar uy egasining kelganini sezib voqea joyidan ishlarini qisman amalga oshirib qochishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo olg‘ir aka-ukaning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tumani sudining Paraxun mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sudida aka-uka Shirinovlar ishi o‘rganildi. Unda Mahmud va Abror Shirinovlar aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo choralari belgilandi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!