Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Navoiyda hokim yordamchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xatirchi tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. 25 mln so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida B.T orqali shu mahallaning hokim yordamchisi SH.I.ga uchrashgan. SH.I. esa M.A.ga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytgan. Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida tezkor tadbir tashkil etilib, hokim yordamchisi M.A.dan 100 AQSh dollari va 900 ming so‘m pullarni olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hokim yordamchisi SH.I. va kredit oluvchilarni topib, unga eltuvchi B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan SH.T. bir necha yil muqaddam tovlamachilik jinoyatini sodir etib, jazo muddatini o‘tagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!