Navoiy va Namangan viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Navoiy va Namangan viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G‘.E. Karmana tumani, “Talqoq” MFY hududidan fuqaro B.M.ga maishiy xizmat ko‘rsatish binosini qurish uchun ajratilgan (tasarruf etish huquqisiz) 4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro X.ga sotishga kelishib, kelgusida tanishlari orqali uy-joy qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 180 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Q.R. va A.N.lar Xatirchi tumanidagi “B.K.” fermer xo‘jaligiga qarashli 35 sotix va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 55 sotix yer maydonini internet saytlari orqali sotishga e’lon berib, jami 90 sotix yer maydonini fuqaro A.ga 180 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 130 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.D. fuqaro M.A.ga “Tepasaroy” MFY hududida joylashgan 10 sotix hamda A.D.ning o‘ziga ajratilgan 11 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro Q.ga 23,1 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!