Navoiy shahrida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Navoiy shahrida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy shahar bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, NKMKga qarashli 3-avtobaza ishchisi Z.G‘. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro S.ni avtobazaga 2 000 AQSh dollari evaziga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!