NATO sammiti o‘tayotgan Vilnyusda yangi tashkil etilgan NATO-Ukraina kengashining birinchi yig‘ilishi boshlandi.
NATO yetakchilarining tushuntirishicha, ilgari mavjud bo‘lgan NATO-Ukraina komissiyasi o‘rniga ushbu kengashning tashkil etilishi munosabatlar darajasini oshirish va kelajakda Ukrainani ittifoqqa qabul qilish yo‘lidagi qadamlardan biri hisoblanadi.
Kengashda, NATO vakillari tushuntirganidek, Ukraina ittifoqchilar bilan teng darajada o‘tiradi va kerak bo‘lsa, uni o‘zi chaqirishi mumkin.
“Kengash yig‘ilishi bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi. [...] Ukraina va ittifoqchilar teng huquqli o‘tirishadi. [...] Bugun biz teng huquqli hamkorlar sifatida uchrashamiz va ittifoqchilar sifatida uchrashadigan kunni intiqlik bilan kutamiz”, dedi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.