NATO 700 million dollarlik Stinger raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

NATO 700 million dollarlik Stinger raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

NATO 700 million dollarlik «Stinger» zenit-raketalarini sotib olish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi.

Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtondagi sammit doirasidagi harbiy sanoat forumida nutq so‘zladi.

«Bugun NATOning ichki ta’minot va xaridlar agentligi (NSPA) qiymati 700 million dollarga yaqin bo‘lgan Stinger raketalarini yetkazib berish bo‘yicha yangi ko‘p millatli shartnomani imzoladi,» - dedi u.

Bosh kotib, shuningdek, 2023 yilda NSPA snaryadlar ishlab chiqarish uchun 11 milliard dollarlik shartnomalar tuzganini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!