“Nasaf” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

“Nasaf” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Futbol bo‘yicha OCHL-2 turnirining 2-turidan o‘rin olgan o‘yin 2 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

D guruhi markaziy o‘yinida «Nasaf» (4) o‘z maydonida «Shabob Al Ahli»ni (3) qabul qilib, Marushichnin dubli evaziga kambek qildi va peshqadamga aylandi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Mateusao hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar faolroq harakat qildi va 83-daqiqaga kelib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Zoran Marushich gol muallifiga aylandi. 90+2-daqiqada esa Marushich yana bir bor darvozani ishg‘ol etdi va “Nasaf”ga g‘alaba keltirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Husayn» (0) Iordaniyada «Al Kuvayt»ni (1) qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!