Narzullo Oblomurodov: "Samarqandda toza ichimlik suvi bo‘yicha muammolar ko‘p"

Narzullo Oblomurodov: "Samarqandda toza ichimlik suvi bo‘yicha muammolar ko‘p"

Kuni kecha O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Samarqandda saylovchilar bilan uchrashdi. Bu yerda nomzod saylovchilarni o‘z dasturi bilan tanishtirdi.

Narzullo Oblomurodov o‘z so‘zida bir qator ekologik muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, O‘zbekistonda, ayniqsa, Samarqandda toza ichimlik suvi bo‘yicha muammolar ko‘p ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, chiqindilar to‘g‘risidagi qonun bugungi kun va talablarga javob bermasligini, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarni tubdan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi. O‘zbekiston bugungi kunda BMT va Jahon Banki tahlili bo‘yicha dunyodagi ichimlik suvi murakkab joylashgan 10 ta davlat orasiga kirishi qo‘shimcha qildi.

"Suvga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishimiz, yangi dasturni amalga tadbiq etishimiz kerak. Ariqlarda chiqindi to‘planishi, jumraklarning ochiq qolishi, ichimlik suvini behuda isrof qilishimiz oxiri yaxshilikka olib kelmaydi. Biz suv ta’minoti bo‘yicha katta muhim dasturni qabul qilamiz", — dedi Narzulla Oblomurodov.

Narzullo Oblomurodov: "Samarqandda toza ichimlik suvi bo‘yicha muammolar ko‘p"

Yig‘ilishda nomzod yashil hududlarni kenggaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni amalga oshirilishini aytib o‘tdi. Mavjud yashil hududlarni saqlash borasida ham amaliy ishlar jadallatirilishi ma’lum qilindi.

"Global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mamlakatda issiqxona gazlari zahirasini qisqartirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan", — dedi Ekologik partiya lideri.

Nazrullo Oblomurodovning quyidagi fikrlarini saylovchilar ijobiy qarshi oldi: "Aholiga qulaylik yaratish maqsadida elekton hukumat tizimi yanada keng joriy etiladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi. Bu ishlar pandemiya davrida paydo bo‘lgan uzun navbatlarni oldini oladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda 3 million avtomobil bor. Ulardan esa cheksiz zaharli moddalar atmosferaga chiqadi. Bularni oldini olish maqsadida kundalik hayotimizda tabiatga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishmiz kerak. Eng katta xatomiz shundan iboratki, biz kimdir qilib berishi kerak, deb yashaymiz. Aslida, o‘zimiz harakat qilishimiz kerak. Biz ekologiya, aholi salomatligi yo‘lida odamlarning fikrlarini o‘zgartirishga urinamiz".

Narzullo Oblomurodov: "Samarqandda toza ichimlik suvi bo‘yicha muammolar ko‘p"

Narzullo Oblomurodov Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda Mo‘ynoq taqdiri haqida ham gapirdi. U Mo‘ynoqda qilinayotgan ijobiy ishlarni yanada jadallashtirib hudud farovonligi ta’minlanishini aytib o‘tdi. Mo‘ynoqqa, Orolga borgan barcha insonlarning fikri butunlay o‘zgarishini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!