Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 19 mart kuni soat 12:45 larda, Namangan shahar Q.Otamirzayev ko‘chasida "VAZ-21011" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan.

Natijada, voyaga yetmagan piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida, 25 mart kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!