Nahotki? Rejissyor "Kavkaz asirasi"dagi Ninaga tegajog‘lik qilgan, oqibatda...

Nahotki? Rejissyor "Kavkaz asirasi"dagi Ninaga tegajog‘lik qilgan, oqibatda...

Aktrisa Natalya Varley "Kavkaz asirasi" filmining suratga olinishi davomida rejissyor Leonid Gayday tomonidan sodir etilgan shilqimliklar haqida ommaga e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"O‘zining "Dorboz ayol" nomli avtobiografik kitobida Varley Gayday kunlarning birida uni mehmonxonagacha kuzatishga qaror qilgani va uning xonasiga kirgani haqida yozgan. Kutilmaganda ularning xonasiga Gaydayning rafiqasi Nina Grebeshkova kirib qoladi. Varley ayolga ular ishni muhokama qilishayotganini aytadi va Grebeshkova sukut saqlagancha nomerni tark etadi.

Aktrisa Natalya Varley v roli Nini v filme Leonida Gaydaya "Kavkazskaya plennisa" (rekadrirovanniy).

"Leonid Iovich kreslodan ko‘tarilib, eshik tomon yurdi, men esa eshikni yopish uchun uning ortidan bordim. Ammo Gayday kutilmaganda eshikni ichkaridan yopdi, menga tomon burildi va o‘pishga harakat qildi", - deb yozadi Varley.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u Gaydayga qarshilik ko‘rsatadi va uni nomerdan itarib chiqarib, eshikni qulflab qo‘yadi.

Ertasi kuni Gayday o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutgan. Ammo keyinchalik Nina roliga aktrisa Nadejda Rumyanseva ovoz berishi haqida qarorni qabul qilgan.

"Kavkaz asirasi, yoki Shurikning yangi sarguzashtlari" komediyasi 1966 yilda suratga olingan. Rejissyor Leonid Gayday 1993 yilda vafot etgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!