“Musulmonlar Amerikani boshqarishini xohlaysizlarmi?"

“Musulmonlar Amerikani boshqarishini xohlaysizlarmi?"

AQShning Arkanzas shtatilik senator Jeyson Rapert islomofob fikri uchun tanqidga uchradi.

Thv11.com nashrining xabar berishicha, bir necha kun avval senator Tvitter orqali shunday deb yozgan: “Joriy yilgi oraliq saylovlarda musulmon saylovchilarning 95 foizi qatnashdi. Ularning butun Amerikani boshqarishini xohlaysizlarmi?”

Ijtimoiy tarmoqda senatorning bunday oshkora islomofob so‘zlari bahslarni keltirib chiqardi. Shuningdek, bunga Amerika – Islom munosabatlari kengashi (CAIR) ham e’tibor qaratdi. Kengash vakili Robert MakKoning ta’kidlashicha, senator Rapertning fikri o‘tmishdagi xavfli mafkuraning aksidir, bunday fikrni qo‘llab-quvvatlash emas, rad etish zarur.

Keyinroq senatorning Tvitterdagi sahifasi to‘sib qo‘yildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!