Muslima tadqiqotchi galaktikaning yangi turini kashf qildi (foto)

Muslima tadqiqotchi galaktikaning yangi turini kashf qildi (foto)

Asli turkiyalik tadqiqotchi Burchin Mutlu-Pokdil yoshligidan fizikaga qiziqqan. Uning aytishicha, yoshligida Eynshteyn haqida maqola yozadi va shu bilan fazoga maftun bo‘lib qoladi. Shu bilan u hayoti davomida fazoni tadqiq qilishga qaror qiladi. Burchin Arizona universitetining Styuard rasadxonasida ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. U, asosan teleskopda olingan ma’lumotlar orqali galaktikaning o‘zgarishlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

Burchin va uning jamoasi PGC 100714 nomli gallaktikani o‘rganishni boshlaganlarida uni amerikalik astronom Artur Xog kashf etgan Snake yulduzi turkumiga kiruvchi Xog ob’ekti deb noto‘g‘ri faraz qiladilar. Biroq Burchin bu kashfiyotida nimadir borligiga ishonch hosil qilgach, tadqiqotini davom ettiradi. Natijada ko‘k tashqi halqa va qizil markaziy yadro o‘rtasida markaziy tanani o‘rab olgan tarqoq qizil ichki halqa borligini kashf qiladi.

Bu darhaqiqat yangi gallaktika edi! Hamma gallaktikalar spiralsimon ko‘rinishda bo‘lgan, lekin bunisi ulardan farq qilar edi. Yangi ob’ekt uning nomi bilan Burchin gallaktikasi deb nomlandi. Astronomlar haligacha bu noma’lum ob’ektning qayerdan kelib chiqqani haqida qiziqmoqdalar.

Turkiyada musulmon oilasida voyaga yetgan, islomiy odob-axloq bilan tarbiya topgan Burchin uchun o‘z yurtida ilmiy faoliyatini davom ettirish imkonsiz edi. Shundan so‘ng u AQShga safar qilib, Texas universitetida magistr, Minnesota universitetida doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi. Ma’lum vaqt olib borilgan ilmiy faoliyati o‘z natijasini berdi. U 2018 yilda barcha mamlakatlardan taklif etilgan eng qobliyatli insonlar orasidan, dunyoni o‘zgartiruvchi 20 kishidan biri sifatida mashhur TED ga stipendiant sifatidan qabul qilindi.

TED (technology, entertainment, design) bu notijorat nodavlat amerika fondi bo‘lib, asosan har yili ilm-fan, san’at, dizayn, siyosat, madaniyat, biznes yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazib turadigan konferensiyalari bilan mashhurdir. Bu konferensiyalarda AQSh Prezidenti Bill Klinton, Nobel mukofoti sovrindorlari Jems Uotson, Myurrey Gell-Mann, Vikipediya asosichisi Jimmi Ueyls kabi mashhur shaxslar leksiya o‘qiydi. Bu Mutlu-Pokdil uchun o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi.

Birinchi urinishda niyatingizga erisha olmasligingiz mumkin. Biroq har safar muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizda, yana harakat qilasiz, takror-takror intilishlar bilan maqsadga erishiladi , deydi Burchin Mutlu-Pokdil.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!