Murod Xonto‘rayevni pichoqlashda 7 kishi gumonlanib, tergovga tortildi

Murod Xonto‘rayevni pichoqlashda 7 kishi gumonlanib, tergovga tortildi

Xabaringiz bor, 26 noyabr kuni o‘zbekistonlik aralash qoidali janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketildi. Sportchi pichoqdan 9 marta jarohatlangan. Unga shifokorlar bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi, ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9 ta) ikkala ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohati tashxisini qo‘ygandi.

Toshkent savdo markazi tashqarisiga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasidan olingan vidoyeda avtoturargohga oq rangdagi Cobalt va qora Lacetti avtomobiligi kelib to‘xtagani, ulardan qora rangli maxsus kiyimlarda, boshiga niqob taqqan o‘nga yaqin barzangi tushib, quvalashib bino ichkarisiga kirgani va Xonto‘rayevga qurol bilan tashlanganini ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, Murod Xonto‘rayevning joniga qasd qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindimi? Bu savolga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazi mutaxassislari javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kunning o‘zida mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan vaqt oralig‘ida Ichki ishlar organlari xodimlari Murod Xonto‘rayevni 1-son shahar klinik shifoxonasidan olib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. IIBB vakili bunga ham izoh berdi.

Xodimning ma’lum qilishicha, Xonto‘rayevning salomatligi tiklangani bois, u Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limiga olib ketilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng, hozirda davolanishni davom ettirmoqda.

QALAMPIR.UZ aniqlagan ma’lumotlarga qaraganda, Xonto‘rayevning pichoqlanishi bilan bog‘liq holatda 7 kishi gumonlanib, tergov tortilgan.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!