Muhammad Saloh YECHL final kuni ham ro‘zasini buzmaydi

Muhammad Saloh YECHL final kuni ham ro‘zasini buzmaydi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa chempionlar ligasining final bo‘ladigan kuni ham o‘zining ro‘zasini buzmaydi. Bu haqda Misrning "Al-Masriy al-Yum" nashriga asoslanib stadion.uz xabar tarqatdi.

Misrlik futbolchi hozirda barcha musulmonlar kabi Ramazon oyi ro‘zasini tutmoqda va mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.

Kelib chiqishi somalilik bo‘lgan, britaniyalik yengil atletikachi Muhammad Farah London-2012dagi olimpiadada oltin medallarni qo‘lga kiritish uchun ro‘za tutmagandi. Salohning aytishicha, u "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin kuni ham ro‘zador bo‘ladi.

26 may kuni Kiyevda iftorlik vaqti final o‘yini boshlanishiga taxminan 1 soat qolganda kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!