Muftiy Nuriddin domla Madinada o‘zbekistonlik umrachilar bilan muloqot qildi

Muftiy Nuriddin domla Madinada o‘zbekistonlik umrachilar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi “Haj – 2022” delegasiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi O‘zbekiton musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Ular Madina shahrida o‘z ibodatlarini ado etayotgan o‘zbekistonlik umrachilar bilan muloqot qildi.

Umrachilar barcha sharoitlar muhayyo qilingani, ayniqsa, mehmonxonaning Masjidu Nabaviyga yaqinligi, besh mahal namoz va ziyoratlarni ado etishga qulayligi, mehmonxonadagi ozoda, keng va shinam xonalar kishining bahru dilini ochishi, taomlari ibodatga quvvat bo‘layotgani, malakali shifokorlar tomonidan doimiy kuzatuv olib borilishini mamnuniyat bilan izhor qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!