Joze Mourinyo «Sevilya»ning Yevropa Ligasida ko‘p g‘alaba qozonishidan xavotirda emas.
«Biz Chempionlar Ligasidan kelgan raqibimizdan farqli o‘laroq, uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Bu yerda bo‘lish uchun 14ta o‘yin o‘tkazdik va finalga munosib edik. Bizning vaqtimiz keladi.
Hamkasbim boshqacha fikrda bo‘lsa-da, maydonga tarix chiqmaydi. «Sevilya» tarixda ustunlik bor deb hisoblaydi va biz buni hurmat qilamiz. Lekin biz ham finalga munosibmiz. Ular uchun Yevropa Ligasi finali odatiy hol, biz uchun esa g‘ayrioddiy. Ular uchun yevrokuboklar finali xuddi chempionat o‘yinidek, biz uchun esa tarixiy voqea.
Klub kelajagim haqidagi savollarga javob berishimni xohlamaydi, lekin ular nima istayotganimni bilishadi. Vaziyat «Inter»dagidan farq qiladi. O‘shanda (2010 yili) men «Real» bilan hali shartnoma imzolamagandim, lekin hammasi allaqachon tayyor edi. Hozir boshqa klublar bilan umuman aloqam yo‘q. Men ertangi kun haqida, nimaga erishmoqchi ekanligimiz haqida o‘ylayman.
Xalqaro maydonda Mendilibardan (raqib murabbiyi) ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldim, lekin u men bilan bir avloddan, shuning uchun tengmiz. Futbolchilar ham teng darajada. «Sevilya» o‘yinchilarida faqat tajriba ko‘proq, lekin biz ham bu tarkib bilan 2 yildan beri o‘ynayapmiz», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
«Sevilya» va «Roma» o‘rtasidagi Yevropa Ligasi finali bugun, 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.