Mourinyo "PSJ"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Mourinyo "PSJ"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo agar so‘nggi taklif tushsa, "PSJ"ni boshqarishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi L'Equipe.

Avvalroq, 60 yoshli mutaxassis "PSJ"da Kristof Galtyening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida ekanligi xabar qilingandi.

Mourinyo “Roma”ni 2021 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 36 turdan keyin rimliklar 60 ochko bilan A Seriyada oltinchi o‘rinda bormoqda.

Qolaversa, “Roma” Yevropa ligasi finaliga chiqdi. Mourinyo shogirdlari u yerda “Sevilya” bilan kuch sinashadi. O‘yin 31 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!