Mourinyo Instagramda Shomurodovni maqtadi

Mourinyo Instagramda Shomurodovni maqtadi

«Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni ijtimoiy tarmoqda maqtadi.

Rim klubining "Instagram"dagi sahifasi o‘zbekistonlik forvard haqida post qoldirib, «Eldor Shomurodovni bir so‘z bilan qanday ifodalaysiz?» degan savolga muxlislar qatorida jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham izohlab, shogirdini «Top» deya maqtagan.

Mourinyo Instagramda Shomurodovni maqtadi

Shomurodov yozgi transfer oynasida 17 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tib, 2026 yilga qadar shartnoma imzolagandi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hujumchi Rim klubi safidagi dastlabki rasmiy o‘yinida Konferensiyalar ligasida «Trabzonspor» darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, A Seriya doirasidagi ikki o‘yinda bitta assistni amalga oshirib, 6 ochko bilan «Roma» bilan peshqadamlar qatorida bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!