Moldova prezidenti Rossiya mamlakatda hokimiyatni parlament saylovlari orqali o‘zgartirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Moldova prezidenti Rossiya mamlakatda hokimiyatni parlament saylovlari orqali o‘zgartirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
"Biz bunday misli ko‘rilmagan aralashuvni o‘tgan yilgi prezidentlik saylovlarida ko‘rgan edik va aniqki, bu yil ham Rossiya saylov natijalariga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi. Kremlning maqsadi – Moldova rahbariyatini o‘z nazorati ostida bo‘ladigan shaxslar bilan almashtirish. Bu faqat Moldovaga tegishli emas, hozir Rossiya Ukrainaga ham qiziqmoqda", — dedi Mayya Sandu.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Moldovada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu saylovlar hokimiyat tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki hukumatni aynan parlament shakllantiradi. Hozirgi reytinglarga ko‘ra, muxolifatdagi partiyalarning g‘alaba qozonish imkoniyatlari ham yomon emas.