Mishustin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni “misli ko‘rilmagan yuksak” deb atadi

Mishustin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni “misli ko‘rilmagan yuksak” deb atadi

Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada yuqoridir, dedi Pekinda bo‘lgan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin.

“Xitoylik do‘stlarimiz aytganidek, birlik tog‘larni siljitish imkonini beradi.

Mishustin Ukrainada urush boshlanganidan beri Xitoyga tashrif buyurgan eng yuqori martabali rossiyalik amaldor hisoblanadi.

U allaqachon Xitoy Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashgan va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Xitoy Rossiya-Ukraina mojarosida bir necha bor o‘zining betarafligini e’lon qilganiga qaramay, Rossiyaning agressiyasini haligacha qoralamadi. Qolaversa, o‘tgan yil davomida Xitoy Kreml bilan faqat iqtisodiy va diplomatik aloqalarni mustahkamladi.

Fevral oyida, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganining yilligi munosabati bilan, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 12 bandni o‘z ichiga olgan "Ukraina inqirozini hal qilish" bo‘yicha o‘z takliflarini e’lon qildi,

Xususan, Xitoy Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tiklash zarurligi haqida gapirdi va o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!