Mirzo Ulug‘bek tumanida “Hyundai Elentra” va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida “Hyundai Elentra” va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2022 yil 22 noyabr kuni soat 17:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li hamda Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan chorraxasida haydovchilar;
1) 2003 yilda tug‘ilgan SH.L. boshqaruvidagi davlat raqami 01 E 777 QB bo‘lgan “Hyundai Elentra” rusumli transport vositasi;
2) 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi 10 Q 081 LA bo‘lgan "Cobalt" rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

🔹Hodisa natijasida Cobalt rusumli transport vositasining yo‘lovchisi tan jaroxat olganligi sababli tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

❗️Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!