Mingbuloqlik fermer qarzi sabab o‘zini o‘ldirdi

Mingbuloqlik fermer qarzi sabab o‘zini o‘ldirdi

Namangan viloyati Mingbuloq tumandagi «A.X.X.» fermer xo‘jaligi rahbari T.X. (58 yosh) boshqa fermerdan 15 ming AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan.

Qarzni qaytarish imkoniyati bo‘lmaganidan tushkunlikka tushgan T.X. o‘ziga tegishli «Ij-27 YE» rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zining yuragiga tirab, o‘ziga o‘q uzgan. 

«Oqibatda T.X. hodisa joyida vafot etgan», — deyiladi prokuratura axborotida. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!